— Bu safar qanday qochding turmadan? — dala hovliga yetib kelishlari bilan kulib soʻradi Bek aka Husan akaga koʻz qisib. — Shunchalik uddaburonmisan-a?..
— Meni nima uchun aldadingiz? — Matnazar javob berish oʻrniga qovogʻini uyib Bek akaga yuzlandi. — Nega moddani oldindan aytmadingiz?
— Sen-chi? Koʻzing qayerdaydi oʻshanda? Soʻrash kerak edi.
— Siz ustimdan kulmoqchi boʻlgansiz, bilaman.
Bu gap Bek akaga yoqmadi shekilli bir-ikki tomoq qirib qoʻydi:
— Sen oʻzi kimsan? Kelib-kelib sening ustingdan kulamanmi? Menday odamning nazariga tushganing uchun Xudoga shukur qilsang-chi! Agar istasam, allaqachon oʻldirtirib yuborardim seni. Biroq bunday qilmayman. Chunki, sen hali keraksan bizga. Turma masalasiga kelsak, shu yoʻl bilan tekshirib olmoqchiydim, xolos.
— Xoʻsh, tekshirib boʻlgandirsiz?
— Albatta. Bugun vaʼda qilgan uch yuz ellik mingni beraman qoʻlingga. Sen yangi ish boshlaysan.
— Qanaqa?
— Oʻz atrofingdagi doʻkonlar, ishlab chiqarish korxonalarini nazorat qilasan. Mening nomimdan. Hech kim mushugingni pisht, demaydi. Anovi pullarga esa xizmatchilar yollaysan.
— Kechirasiz-u, kafolat qani? Axir, meni hozir ham turmadagilar qidirishyapti!
— Hech kim qidirmaydi seni. Birpasdan keyin oʻzim qoʻngʻiroq qilib, oʻyin tugaganini aytaman ularga. Boʻpti, gapni kalta qilaylik. Mana bu odam — Husan akang. Bu yogʻiga hamkorlikda ishlaysanlar. Yur, endi sening ulushingni beray!
— Men-chi? — bir chetda qimtinibgina oʻtirgan Mardon Bek akaga umidvor termildi. — Nima qilay?
— Sen borib bozoringni qilaver! — Bek akaning oʻrniga javob qildi Husan aka. — Ertaga kechqurun yigitlar borishadi. Ulushimizni, albatta, ulardan berib yubor!
— Gap yoʻq.
Mardon Husan akaga bir qarab olgach, sekin tashqariga yoʻl oldi…
* * *
Qarigan chogʻda shaytonning yoʻliga kirgan yomon. Botir doʻkondor ichkilikka berilganidan beri xayollari buzila boshlagandi. Ayniqsa, avvaliga Matnazar, ketidan Mardon loʻmbillagan Marhamatni orqalaridan ergashtirganini koʻrib ich-etini yerdi. Oldin qizi Hamida baxtsiz boʻlib qolganini koʻrib alamdan yongandi. Endi u kunlarni unutdi. Marhamatning kelishgan qomati qariyani turli orzular ogʻushiga olib kirgan edi.
— Aniq shiypon tomonga ketdi, — koʻnglidan oʻtkazdi qariya uyiga kirib yashirib qoʻygan yuz gramm aroqni shosha-pisha simirib koʻchaga yoʻl olarkan. — Orqasidan boraman. Baribir hozir kim yordam berarkan, deb moʻltirab yuribdi. Milisadan yashirinish oson ekanmi!.. Gapimga koʻnsa, qabriston qorovuli bilan gaplashib, oʻsha yerdan bironta pana joy topib beraman. Kirmasa… Agar kirmasa, oʻz qoʻllarim bilan milisaning qoʻliga topshiraman…
Doʻkondor adashmagandi. Marhamat shiyponning qorongʻi xonalaridan biriga kirgancha burchakda biqinib oʻtirar, yigʻlagan tovushi eshitilib qolardi.
— Kim u? — dast oʻrnidan turib burchakka qattiqroq qisildi u. — Kim deyapman?
— Menman, — shivirladi doʻkondor. — Botir amakiman.
— Voy, siz… Bu yerda nima qilib yuribsiz?
Botir doʻkondor javob bermay, Marhamatga yaqinroq keldi.
— Sening azobda qolganingni koʻrib chidolmadim. Hamdard boʻlay, deb keldim…
Shu gapni aytish asnosida doʻkondor Marhamatning ikki qoʻlini ushlab, asta oʻziga tortdi.
— Voy, bu nima qilganingiz? — qoʻllarini tortmoqchi boʻldi Marhamat. Lekin kuchi yetmadi. — Qoʻyvoring! Axir…
— Nega qoʻrqasan? Menam odamman. Menam erkakman. Sening oʻsha sayoqlar bilan yetaklashib yurganingni koʻrganimda yonib ketishimni bilmaysan. Kel, bu yogʻiga uchrashib yuraylik! Seni oʻzim ishonchli joyga yashirib qoʻyaman. Issiq-sovugʻingdan xabar olib turaman. Tashlab qoʻymayman. Faqat… Mening raʼyimni qaytarma!
Marhamat boshqa payt boʻlganda, shubhasiz, ogʻzidan aroq hidi gupirib turgan bu qari cholni itarib tashlagan, koʻpchilikning oldida sharmanda qilgan boʻlardi balki… Lekin hozirgi vaziyatda hech nima qilolmaydi. Qidirishayotganini, ushlab olishsa, turmaga tiqishlarini biladi. Shu sababli doʻkondorga ortiqcha qarshilik koʻrsatib oʻtirmadi. Paytdan foydalangan doʻkondor esa uni belidan mahkam quchoqlab axlat sochilib yotgan polga yotqizdi…
* * *
— Voy, men oʻlib qoʻya qolay!.. — Botir doʻkondor Marhamatning qoʻynida uxlab qolgan ekan. Erta tongda kimningdir qattiq qichqirigʻidan uygʻonib sakrab oʻrnidan turdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, roʻparasida qizi Hamida turardi.
Unga koʻzi tushgan Marhamat ham shosha-pisha oʻrnidan turdi-da, doʻkondorning orqasiga berkindi.
— Bu nima qilganingiz, ota? — qichqirdi Hamida. — Nimalar qilib qoʻydingiz?..
— M-men… Qizim, oʻzingni bos! Sal kayfim oshgan ekan. Bilmayman… Bilmayman…
— Qarigan chogʻingizda qaysi shayton yoʻldan urdi sizni? Yana kelib-kelib manovi qanjiq bilan-a? Onam bilsa nima boʻladi?
— Qizim, oʻzingni bos! Bilasan-ku, seni…
— Ovozingizni oʻchiring! — yuzlarini yuvib tushayotgan koʻz yoshlarini arta-arta otasining soʻzini boʻldi Hamida. — Men… Men chiday olmayman bunday isnodga. Men… Yoʻq… Oʻzimni oʻldiraman. Shunda qutulasan hammang!
U shu gapni aytdi-yu, oqsoqlana-oqsoqlana uyi tomon yugurib ketdi.
— Hoy, qiz, ahmoqlik qilma! Toʻxta! — Hamidaning ortidan ketib borarkan, uni toʻxtatishga urinardi doʻkondor. — Meni sharmanda qilma! Otangni adoyi tamom qilma!
Qarilik ekanmi, Hamidaga yeta olmadi…
U allaqachon uzoqlashib qishloq koʻchasiga kirib ulgurgandi…
Doʻkondor soʻkina-soʻkina hovlisiga kirib keldi va yuragi qinidan chiqqudek omborlarni, mashina garajlarini titkilab Hamidani qidirishga tushdi.
Hech qayerda yoʻq. Xotini ham negadir koʻrinmaydi.
— Qaydasan, Hamida? — qichqira boshladi u ogʻilxona tomon yoʻl olarkan. — Nega indamaysan?
Aksiga olgandek, ogʻilxona eshigi ham yopiq ekan.
— Ha-a, ichkaridan berkitib olgan, — xirillagan koʻyi shivirladi doʻkondor. — Qizim, ocha qolgin! Hammasini tushuntiraman oʻzingga! Ochsang-chi! Otangni mahtal qilmasang-chi!
Hech kim javob qilmagach, eshikni tepa ketdi. Ochilmadi. Shundan soʻng atrofni aylanib yoʻgʻon bir xoda topdi-da, ogʻilxona eshigiga tinimsiz uraverdi. Nihoyat eshik ochildi. Doʻkondor xodani bir chetga uloqtirib jonholatda oʻzini ogʻilga urdi…
— Qizi-im! Hamida-a-a! Nimalar qilib qoʻydi-ing?! Jon bola-am!
Dunyo azoblaridan bezib ketgan Hamida ogʻilxonaning shiftida osilib turar, yuzlari arqon zarbidan koʻkarib ketgandi.
* * *
Mardonning koʻzi Hamidaning oʻlimidan keyingina ochildi. U Marhamat Botir doʻkondorning qoʻynida tun boʻyi yotib chiqqanini eshitgach, butkul tutaqdi. Janozaning ertasi kuni qora dori bozoridagi savdoni ham yigʻishtirib qoʻyib, toʻppa-toʻgʻri oʻsha shiyponga yoʻl oldi.
Baxtga qarshi u yerda hech kim yoʻq edi.
— Iflos, — dedi u ovoz chiqarib. — Seni oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman. Qoʻlimga tushgin, qanjiq! Kuning bitdi sening!
Mardon uch soatcha qishloqni, qishloqqa yaqin joylarni erinmay kezdi. Hech qayerda yoʻq.
Shunda qabriston esiga tushib qoldi.
“— Ha, — koʻnglidan oʻtkazdi u mashinani oʻsha tomon burib. — Oʻsha yerda boʻlishi mumkin. Bunaqangilar qabr ichiga kirib yotishdanam qoʻrqmaydi…”
Qabristonning narigi chetida, devorlarga yaqin yerda ulkan chinor bor edi. Shu qadar tarvaqaylab ketgandiki, uning soyasida oʻtirilsa, narigi tarafdan kelayotgan odam hadeganda koʻra olmasdi.
Marhamat xuddi shu yerga berkingan ekan. Boshidagi katta oq roʻmolni chinor ostiga toʻshaganicha, yer chizib oʻtirgan Marhamatni koʻrib Mardonning mushtlari tugildi. Oʻng qovogʻi pirpirab uchib, rangidan qon qochdi.
Lekin… Marhamat Mardonni koʻrgandan keyin ham qimirlamay oʻtiraverdi. Hatto, qoʻzgʻalib qoʻymadi.
— Qilar ishni qilib endi oʻzingga goʻr tanlayapsanmi? — unga yaqin kelib soʻradi Mardon. — Menga aytsang, topib berardim-ku!
— Birovlarning koʻmagiga muhtoj emasman, — dedi Marhamat yerdan boshini koʻtarmay.
— Shunaqami? Qani, unda bir oʻrningdan tur-chi! Men oʻtirgan odamga qoʻl koʻtara olmayman.
— Turmasam-chi?!
— Turasan. Turmasang, mana shu qoʻllarim bilan oʻzim turgʻazib qoʻyaman.
— Xoʻsh, mana turdim. Keyin-chi?
— Qanjiq! — unga qarata chirt etib tupurdi Mardon. — Seni oʻldirgan savobga qoladi.
— Unda… Oʻldiring! Nega qarab turibsiz?
— Yoʻ-oʻq, — bir qadam ortga chekindi Mardon. — Seni osonlikcha oʻldirmayman. Qiynab oʻldiraman…
Marhamat bu gapni eshitib sovuq kulib qoʻydi-da, engashib daraxtga suyab qoʻygan sumkasidan pichoq chiqardi.
— U holda seni men oʻldiraman! — pichoqni Mardonga toʻgʻrilab asta yaqinlasha boshladi Marhamat. — Senlar erkakmiding? Akangam, senam bir goʻrsan! Xotinchalishsan! Endi oʻzingdan koʻr hezalak! Menga uylanaman, deb aldaganing uchun…
— Nima? — Mardon kutilmaganda choʻntagidagi naganni chiqardi-yu, yashin tezligida oʻqlab Marhamatga yoʻnaltirdi. — Sen qanjiqqa-ya?! Hozir… Hozir… toʻgʻrilab olay, oʻliming yaqin sening! Meni pichoqlarmish bu megajin!
Mardon choʻntagidan ovoz pasaytirgichni olib toʻpponchaning uch qismiga kiydirdi. Shundan keyingina orqaga tislanib borgan holatda oʻzini taʼqib etib kelayotgan Marhamatga toʻgʻrilab tepkini bosdi.
Toʻpponcha tiq etgan tovush chiqardi, xolos. Ayol tok urgan kabi orqasiga quladi.
Mardon esa, ehtiyot shart yana bir marta uning koʻksini moʻljallab otgach, murdani daraxt panasiga yotqizdi. Ustiga boyagina oʻzi boshiga oʻrab turgan roʻmolni tashladi…
(davomi bor)
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi