date

Dani Alves 839 kun qamoqda o‘tirgandan so‘ng oqlandi

Dani Alves 839 kun qamoqda o‘tirgandan so‘ng oqlandi

Mashhur braziliyalik futbolchi Dani Alves uzoq muddat qamoqda saqlangach, Kataloniya oliy sudi tomonidan oqlandi. Unga qarshi qo‘yilgan zo‘rlash ayblovlari rad etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Alves 839 kun davomida qamoqxonada bo‘lgan. Sud jarayoni chog‘ida jabrlanuvchi ayolning ko‘rsatmalari ishonchli emas, deb baholandi. Sud hujjatlariga asosan, u aytgan voqealar videoyozuvlar bilan tekshirilganda haqiqatga to‘g‘ri kelmagani aniqlandi.

Shu bois sud hay’ati uning gunohsizligini e’tirof etdi va Alves ozod etildi. Ammo ish shu bilan tugamasligi mumkin. Chunki prokuratura bu qarorni qabul qilmagan va rasmiy ravishda apellyatsiya bergan. Bu esa ishning yana Ispaniya oliy sudida ko‘rib chiqilishi ehtimolini kuchaytiradi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dani Alves 839 kun qamoqda o‘tirgandan so‘ng oqlandi