date

Lamin Yamal jarohatdan so‘ng “Barselona”ga qaytishga tayyor

Lamin Yamal jarohatdan so‘ng “Barselona”ga qaytishga tayyor

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa muxlislari uchun kutilgan yangilikni ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, jamoa yarim himoyachisi va Ispaniya futboli umidi sifatida ko‘rilayotgan Lamin Yamal tez orada maydonga qaytishi mumkin.

Flik matbuot anjumanida Yamalning holati haqida to‘xtalib: “Biz uning “Real Sosedad”ga qarshi uchrashuvda jamoa ixtiyorida bo‘lishidan mamnunmiz. Agar u zaxirada o‘tirsa, bu uning har daqiqada maydonga tushishga tayyorligidan dalolatdir”, – dedi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli yosh iste’dod so‘nggi bor 2025-yilning 31-avgust kuni “Rayo Valekano”ga qarshi bahsda ishtirok etgan edi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng olingan jarohat sababli bir qator muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Bu paytda “Barselona” ham bir nechta muhim ochkolarni yo‘qotdi va muxlislar Yamalning maydonga qaytishi jamoa uchun yangi kuch bo‘lishini kutib qolishdi.

“Barselona” uchun Lamin Yamal nafaqat yosh iqtidor, balki hujumda yangi nafas sifatida ko‘riladi. Uning texnikasi, maydondagi tezkor qarorlari va raqib himoyasini yorib o‘tish mahorati bugungi jamoa uchun juda muhim.

Kataloniya klubi 28-sentyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida safarda “Real Sosedad” bilan kuch sinashadi. Aynan shu bahs Yamalning tiklanishidan keyingi ilk uchrashuvi bo‘lishi mumkin. Muxlislar esa yosh yulduzdan yana o‘zining hayratlanarli o‘yinini kutmoqda.

Shubhasiz, Lamin Yamalning safga qaytishi “Barselona” uchun katta qo‘llov bo‘ladi. Bu nafaqat jamoa, balki butun La Liga muxlislari uchun ham qiziqarli voqea sanaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal jarohatdan so‘ng “Barselona”ga qaytishga tayyor