12:18 / 22.09.2018
7 352

Iymon zaifligi sabablari, belgilari va davosi

Iymon zaifligi sabablari, belgilari va davosi
Iymon nurini zaiflashtiruvchi illatlar:
– Zikr majlislari, jamoat namozi, yaxshi insonlar suhbatida ishtirok etmaslik.
– solih peshvolardan uzoqlashish.
– uzun orzu-havas.
– muboh sanalgan yeb-ichish, uxlash, soʻzlash, oʻyin-kulgida haddan oshish. Zero, koʻp yeyish zehnni oʻtmaslashtiradi, tanani ogʻirlashtiradi, kishini dangasa qilib qoʻyadi. Aytilishicha, kim koʻp ovqat yesa, koʻp suv ichadi, koʻp uxlaydi. Oqibatda umrining koʻp qismi lazzatlarga sarflanib, ajr-savoblardan mahrum boʻladi.
– gunohkorlar davrasiga kirish, nosogʻlom muhitda yashash.
– dunyo ishlariga mukkasidan ketish.
– qalbni gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi diniy-maʼrifiy adabiyotlarni mutolaa qilmaslik.
– dunyo bilan ovora boʻlib, Allohga ibodat qilishni unutish.

Iymon zaifligi belgilari:
– Haromga qoʻl urish, kichik gunohlarni mensimaslik.
– dilning qotishi.
– ibodatlarga sustkashlik qilish, namozlarni pala-partish oʻqish.
– feʼli torlik, ziqnalik, jizzakilik. Bunday odam arzimas narsaga jigʻibiyron boʻlaveradi, odamlar bilan til topisha olmaydi.
– Qurʼoni Karimni oʻqiganda, maʼruza eshitganda taʼsirlanmaslik.
– Allohning zikridan gʻofil boʻlish.
– tilni gʻiybatdan, yolgʻondan tiymaslik.
– harom ishlarni koʻrganda gʻazablanmaslik.
– makruh amallardan saqlanmaslik.
– vaqtini behuda narsalarga sovurish, foydali ishlardan oʻzini olib qochish.
– kichik koʻringan savobli ishlarga beparvo boʻlish.
– birodarlariga yetgan ozorlarga qaygʻurmaslik.
– dini, dindoshlari oldidagi masʼuliyatini his etmaslik.
– musibatlarga sabrsizlik.
– rohat-farogʻatga oʻchlik.

Iymon zaifligi davosi:
– Qurʼon oʻqib, maʼnolarini qalbga singdirish.
– Allohni yod etish.
– Alloh taoloning buyukligini his etish, ilohiy moʻʼjizalar haqida fikr yuritish.
– dinda sobitqadam qilishini Allohdan soʻrash.
– sharʼiy ilmlarni oʻrganish.
– ulamolar davrasida oʻtirish.
– solih amallar qilishga shoshilish, umrning har bir daqiqasini gʻanimat bilish.
– ezgu ishlarda bardavom boʻlish.
– toat-ibodatlari Alloh huzurida qabul boʻlishini umid qilish bilan birga qabul boʻlmay qolishidan qoʻrqish.
– oʻzini hisob qilish, nafsini tergash, xato-kamchiliklarini toʻgʻrilash.
– xunuk oqibatdan qoʻrqish.
– oʻlimni koʻp eslash.
– qabrdagi holat haqida fikr yuritish.
– Allohga tavba-tazarru qilish.
– orzu-havasni kamaytirish, oxiratni oʻylash.
– moʻminlarni oʻziga doʻst tutish, haqlariga muttasil duo qilish...
“Qurʼon – qalblar shifosi” kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iymon zaifligi sabablari, belgilari va davosi