“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning ketma-ket to‘rt uchrashuvda mag‘lub bo‘lganidan keyin vaziyat haqida fikr bildirdi, deb yozdi fapl.ru.
Gollandiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, har bir murabbiy faoliyati davomida qiyin pallalarni boshidan kechiradi va bu — tabiiy jarayon.
«Murabbiylikda sinovlarsiz bo‘lmaydi. Faoliyatim boshidanoq men qiyinchiliklarga duch kelganman — ilk bor klub boshqarganimda ham, kattaroq jamoaga o‘tganimda ham, hatto Yurgen Kloppning o‘rnini egallagan paytimda ham shunday bo‘lgan.
Hozir esa biz ketma-ket to‘rtta bahsda yutqazdik. Bu ham bir sinov. Lekin men jamoada ishonch yo‘qoldi, deb o‘ylamayman. Har bir o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizda ham ikkinchi bo‘limda ajoyib imkoniyatlar yaratdik. Agar shunday o‘ynashda davom etsak va ayrim jihatlarni yaxshilay olsak, g‘alabalar qaytishiga barcha asoslar bor», — dedi Arne Slot.
Slotning fikricha, “Liverpul” hozirgi holatda kuchsiz emas, balki qayta qurilish bosqichida. U jamoaning taktik va ruhiy jihatdan barqarorlikka erishishi uchun vaqt kerakligini ta’kidladi.
Tahlilchilarning aytishicha, Slot jamoaga ishonch bilan yondashmoqda va uning fikrlari “Liverpul” muxlislariga ham oz bo‘lsada, umid bag‘ishladi.
Klub keyingi turda o‘z maydonida navbatdagi bahsni o‘tkazadi va bu o‘yin “qizillar” uchun vaziyatni burish imkoniyati sifatida ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!