Ohangaronda qamoqdan qochgan mahkum 3‑sinf qizni zo‘rladi

1 daqiqa o'qish393
Ohangaronda qamoqdan qochgan mahkum 3‑sinf qizni zo‘rladi
Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida 16-oktyabr kuni manzil koloniyasidan qochgan 1994-yilda tug‘ilgan mahkum maktabdan qaytayotgan 3‑sinf o‘quvchisini zo‘rlagan, deb Uz24 xabar berdi.
Viloyat IIBB ma’lumotni tasdiqladi va hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli mahkumga nisbatan Jinoyat kodeksining 119‑moddasi 4‑qismi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkum avval ham jinsiy jinoyat uchun sudlangan — u 2018-yilda Farg‘ona viloyatida Jinoyat kodeksining 118‑moddasi (nomusga tegish) bo‘yicha 16-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
2024-yilda sud qarori bilan jazoning qolgan 9-yil 2 oy qismini o‘tash uchun manzil koloniyasiga o‘tkazilgan, ammo u yerdan qochib ketgan.
Qonunga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘rlik ishlatish jinoyati uchun 15-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?