date

"Real Madrid" Vinisius va Rodrigoni 350 mln yevroga sotishni rejaladi

"Real Madrid" Vinisius va Rodrigoni 350 mln yevroga sotishni rejaladi

"Real Madrid" jamoasi tarkibida katta o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati 25 yoshli Vinisius Junior va 24 yoshli Rodrigo kabi hujumchilarni sotishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Madrid klubi Vinisius va Rodrigoning o‘yindagi beqarorligi sababli ularni transferga qo‘yishni maqsad qilgan.

Klub ushbu ikki braziliyalik futbolchini sotish orqali taxminan 350 million yevro daromad olishni kutmoqda. "Real Madrid" bu mablag‘ni yangi futbolchilarni xarid qilish uchun sarflashni rejalashtirgan.

Hozirda "Real Madrid" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Jamoa to‘qqiz o‘yindan so‘ng 24 ochko jamg‘argan.

Yaqin kunlarda Madrid klubi o‘z maydonida Chempionlar ligasida “Yuventus” va La Ligada “Barselona”ga qarshi muhim o‘yinlar o‘tkazadi. "Real Madrid" so‘nggi yillarda tarkibini muntazam ravishda kuchaytirib keladi.

Klub rahbariyati yangi futbolchilar bilan jamoani yanada mustahkamlashni ko‘zlamoqda. Yangi transferlar orqali "Real Madrid" ichki va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real Madrid" Vinisius va Rodrigoni 350 mln yevroga sotishni rejaladi