“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning yosh yarim himoyachisi Rayan Sherki haqida maqtovli fikr bildirdi, deb yozdi mancity.com.
Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Sherki jamoaga qo‘shilgandan beri o‘zining katta iqtidori va maydondagi texnikasi bilan ajralib turibdi.
«Rayan Sherki — men faoliyatimda ko‘rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri. Texnik jihatdan u o‘z o‘yinining eng yuqori bosqichida. Har safar u to‘pni qabul qilganda, vaziyat bizning foydamizga o‘zgaradi. Endi u o‘zini erkin his qiladi, avvalgi bosim yo‘qolgan», — dedi Gvardiola klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli fransiyalik yarim himoyachi Rayan Sherki “Lion” tarkibidan 2025-yil yozida “Manchester Siti”ga 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Joriy mavsumda u APLda 3 ta bahsda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Murabbiylar shtabi Sherkidan katta umidvor — Gvardiolaning fikricha, u nafaqat jamoa markazida, balki hujumdagi ijodiy kombinatsiyalarda ham asosiy rol o‘ynaydi.
Tahlilchilar esa Sherkini “Siti”ning kelajakdagi yetakchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Uning uslubi va maydondagi tafakkuri jamoaning o‘yiniga yangi dinamika olib kelayotgani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!