“Barselona” Flik boshchiligida 71-o‘yinda 200-golini urdi

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida “Barselona” o‘z maydonida “Jirona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda urilgan birinchi gol “Barselona” uchun Hans Flik bosh murabbiy bo‘lganidan buyon 200-gol bo‘ldi.
Euro-football.ru yozishicha, bu natija barcha musobaqalar doirasidagi o‘yinlarni hisobga olgan holda qayd etildi. Flik boshchiligida “Barselona” o‘zining 100-golini yanvar oyida urdi.
Bu natijaga erishish uchun jamoa 32 ta o‘yin o‘tkazdi. 200-golga esa 71 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.
Bu klub tarixidagi uchinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Avvalgi rekordlar bo‘yicha, Elenio Errera 61 ta, Xuan-Xose Noges esa 67 ta uchrashuvda 200-gol marrasiga yetgan.
Noges 1930-yillarda “Barselona”ni boshqargan. Taqqoslash uchun, Luis Enrikega 73 ta, Xosep Gvardiolaga 81 ta, Yoxan Kroyffga esa 100 ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Flikning natijasi klub tarixida yuqori uchlikdan joy oldi.