San-Paulu universiteti (Braziliya) olimlarining aniqlashicha, jismoniy mashqlar mushak toʻqimalaridan zaharli oqsillarni chiqarib yuborishda yordam beradi. Bu haqda MedicalXpressʻdagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.
Mushaklarning disfunksiyasi past harakatga ega boʻlgan keksalar va quymuch nervining zararlanishidan aziyat chekadigan kishilarga xos. Nevropatiyaga ega sichqonlar bilan oʻtkazilgan tajriba natijalari shuni koʻrsatdiki, bunday holatda autofagiya ham buziladi - zararlangan hujayra tarkibiy qismlari va lizosomalar ichidagi zaharli birikmalarning tanazzulga uchrashi jarayoni. Biroq, quymuch nervi jarrohlik bilan yoʻli bilan buzilishidan avval toʻrt hafta davomida faol boʻlgan kemiruvchilarda autofagiya boshqa hayvonlardan koʻra yuqori darajada saqlanib turdi.
Boshqa bir tajribada tadqiqotchilar skelet mushak toʻqimasida autofagiya bilan bogʻliq ATG7 genini toʻsib qoʻyishdi. Bu gen autofagosoma deb ataluvchi vezikula (hujayra ichi pufakchasi) hosil boʻladigan oqsillarni kodlaydi. U zararlangan organellalar oldida joylashadi hamda ularning buzilishiga yordam beradi. Bosib qoʻyilgan ATG7ʻga ega sichqonlarda ham mushaklarning rivojlanib boruvchi disfunksiyasi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi