Zamonaviy dunyoda har birimiz doimiy ravishda vaqt yetishmasligi rejimida yashayapmiz. Sutkada 24 soat bor, biroq vaqtni yetkazib bo‘lmaydi. Ish shu darajada ko‘pki, ularni qayta bajarishga vaqt yo‘qdek tuyuladi. Bariga ulgurishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishamiz.
Vazifalar ro‘yxati
Uni har kuni tuzing. Ro‘yxatga aynan bugun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar kiritilishi lozim. Amalga oshirilgan ishlarni ro‘yxatdan o‘chiramiz.
Barcha narsada tartib bo‘lishi lozim
Barcha buyumlar, idora hujjatlari bir joyda tursa, vaqtingizni ancha tejaysiz. Hujjatlarni papkalarga ajrating. Ana o‘shanda ularni izlash va buning uchun qimmatli vaqtni sarflashga to‘g‘ri kelmaydi. Ish kunining oxirida ish stolingizni tartibga keltiring.
Foto: Pexels
Nostandart fikrlar
Ko‘pincha ish — standart vazifalarni muayyan ketma-ketlikda bajarishdir. Tabiiyki, bir zayldagi monoton ish juda tez jonga tegadi. Ish kuningizga biroz bo‘lsa-da xilma-xillik berish uchun berilgan vazifalarni boshqa usullar bilan bajarishga harakat qiling.
Ishlarni ortga surmang
Ko‘pincha ishxonada hamkasblar bilan choy ichamiz, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiramiz, keyin esa nima uchun vaqt yetishmasligi borasida hayratga tushamiz. Dastlab barcha belgilangan vazifalarini bajarishga harakat qiling, keyin esa hordiq uchun vaqt ajrating.
Foto: Pexels
Mashg‘ulotlarni almashtirish
Agar uzoq vaqt davomida kompyuter oldida o‘tirgan bo‘lsangiz, endi biroz turgan holatda ishlang. Faoliyatni o‘zgartirish dam olish uchun yordam beradi.
Rejim
Biroz g‘alati, biroq rejim yanada unumli ishlashga yordam beradi. Tongda va kechki payt bir xil vaqtda uyg‘onishga va uxlashga harakat qiling. Organizmingiz buning uchun sizga rahmat aytadi. Ish unumdorligi esa sezilarli darajada ortadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”