BBC nashri Amanda Rujeri va Miriam Kuikning hayot uchun muhim qarorlar qabul qilish to‘g‘risidagi maqolasini e’lon qildi. Quyida ushbu maqolaning tarjimasi e’tiboringizga havola etiladi. Unda mualliflar ko‘pchilik odamlarning yanvar oyida muhim qarorlarni qabul qilishini ta’kidlashadi. Ammo ba’zan esa qandayligidan qat’i nazar, qarorni qabul qilishni issiqroq oylarga qoldirish ham muhim, deydi ular.
Ko‘pchiligimiz o‘zimiz yoki yaqinlarimizning biror muammosini hal qilishda uning ijobiy va salbiy taraflarini tahlil qilamiz. Agar shunday tahlil qilishga moyil bo‘lsak, qaror qabul qilish jarayonini ham o‘ylab olish kerakdir? Masalani cheksiz ravishda o‘rganib chiqish kerakmi yoki muammoning turli yechimlarini topishga haddan ortiq sho‘ng‘ib ketishdan o‘zimizni tiyishimiz lozimmi?
Shunday qilib, qaror qabul qilish jarayonini o‘ylashdan tashqari, uning qachon qabul qilinishiga ham e’tibor berish lozim. Agar gap yangi ish joyi yoki uy sotib olish haqida ketayotgan bo‘lsa, yanvar oyi yangi hayot boshlash uchun har doim eng maqbul vaqt deb hisoblangan.
Yanvarda ta’tildan yoki uzoq davom etgan dam olishdan so‘ng ishga qaytamiz. Ungacha qarorni o‘ylab olish va uni yaqinlarimiz bilan maslahatlashish uchun yetarlicha vaqt bo‘ladi. Biroq yanvar oyi haqiqatan ham, muhim qarorlar qabul qilish uchun eng yaxshi vaqtmi?
Bu savolning javobi kayfiyatga bog‘liq. Ko‘pchilik qishda kayfiyati tushib ketganini his qiladi. Ba’zilarda esa bu yanada kuchliroq bo‘ladi. Mavsumiy tushkunlikka berilish va depressiya (ya’ni inglizcha SAD – seasonal affective disorder. Bunda "sad" so‘zi “xafa” degan ma’noni bildiradi) ko‘proq shimoliy kengliklarda yashovchi odamlarga xosdir. Ilmiy tadqiqotlar davomida shimoliy yarim sharda yashovchi odamlarning 10 foizi, shu jumladan, Shimoliy Amerika aholisi ham SADga duchor bo‘lgani aniqlangan.
Ishtirokchilarni 20 yil davomida kuzatgan Shveysariya olimlarining yaqinda nashr etgan ilmiy ishida ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatning 7,5 foiz aholisi mavsumiy depressiyani his qiladi. Bunday depressiyaning alomatlari uzoq saqlanib qoladi.
AQShda amalga oshirilgan tadqiqotda, SADga chalinganlar uning alomatlarini yilning 40 foizi davomida his qilib yashaydi. Hatto SADga chalinmagan odamlar ham qish kelgach, tushkun kayfiyat davrini boshdan o‘tkazadi. Odamning kayfiyati esa nafaqat o‘zini qanday his qilishiga, balki to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatiga ham ta’sir etadi.
Biroq ba’zi hollarda tushkun kayfiyat muhim qarorlarni qabul qilishda ham asqotishi mumkin. Gap shundaki, bunday holatda emotsiyalar, his-tuyg‘ularga oddiy paytga qaraganda kamroq berilamiz. Ko‘pchilik odamlar o‘zi bilan hech qanday yomon voqealar sodir bo‘lmasligi (hech qachon saraton kasaliga chalinmasligi, avtohalokatga uchramasligi)ga qattiq ishonishadi. Biroq statistika bunday optimistlikni rad etmoqda.
Tadqiqotning depressiyaga berilgan ishtirokchilari tavakkal talab qilinadigan qarorlarda bunday belgilarga chalinmagan qatnashchilarga nisbatan konservativ munosabatda bo‘lishgan. Ya’ni ularning ko‘pchiligi bunday qarorlar qabul qilishda ehtiyotkor bo‘ladi. Lekin bu ularning o‘ylagan barcha taxminlari to‘g‘ri bo‘lib chiqishini anlatmaydi.
Biroq yana bir jihatga e’tiborni qaratish lozim. Optimist odam hayotga doim pozitiv yondashadi. Ular pessimist odamlarga qaraganda ish, oila va sog‘liq borasida ham muvaffaqiyatga erishadi.
Shu sababli agar muhim qaror qabul qila olmayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi, kayfiyatingiz yaxshi bo‘ladigan vaziyatni kutganingiz ma’qul. Depressiya alomatlari qaror qabul qilishingizni og‘irlashtirishi va oqibatda hech qanday qarorga kela olmasligingiz mumkin.
Shunday qilib, qaror qabul qilish va kayfiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik juda murakkab. Birinchi navbatda qarorni qabul qilish vaqtini to‘g‘ri tanlay bilishingiz kerak. Qaroringiz natijasi moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi ehtimoli bo‘lsa, u holda qish faslida – emotsiyalarga kamroq berilib, ko‘proq ehtiyotkor bo‘ladigan vaqtda qaror qabul qilganingiz ma’qul. Agar boshi berk ko‘chaga kirib qolib, qanday yo‘l tutishni bilmayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi, quyoshli kunlar va kayfiyatingiz ham ko‘tarinki bo‘ladigan vaqtni kutganingiz yaxshiroq.
Manba: Turon24.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”