Aysbergning suv yuzasiga chiqib turgan qismi bizga juda ulkan koʻrinsa-da, aslida uning tasavvurimizga ham sigʻmagan katta qismi suv qaʼrida yashiringan. Biz uning oʻn foiz qisminigina koʻra olamiz, xolos. Aysbergning ayni shu jihatini insonlarga nisbatan mengzasa boʻladi.
Insondagi bilim, mahorat va xulq aysbergning koʻrinib turgan qismi boʻlsa, munosabat insondagi yashirinib yotgan qimmatli gavharidir. Aynan inson oʻzidagi ishonchni, motivatsiyani, bilimni munosabat orqali shakllantiradi. Inson muvaffaqiyatga erishishida bilim, qattiq ishlash, mahoratdan ham koʻra munosabatning oʻrni koʻproq.
Munosabat turli xil boʻlishi mumkin. Masalan, siz baʼzan biror ishni muhim boʻlgani uchun majburlikdan, kimlardandir yordam soʻrab boʻlsa ham bajarishga harakat qilasiz. Bu ham kamdek, siz uchun maʼlum muddat qoʻyilgan boʻlsa, vaqt tigʻizligi ishingizning mendan ketguncha egasiga yetguncha qabilida bitishiga olib kelishi hech gap emas. Siz ishingizning bunday yakun topmasligi uchun, avvalo, har qanday holatda ham, unga nisbatan munosabatingizni oʻzgartirsangiz kifoya. Siz uchun mushkul boʻlib tuyulgan ishlarning ham qanchalik tez va oson hal boʻlib ketganiga oʻzingiz ham hayron qolasiz.
Ijobiy munosabatning shakllanishida ijobiy qarashning oʻrni juda ahamiyatli. Ijobiy oʻy yuqori natijaning xamirturushidir.
Agar sizga biror bir narsa yoqmasa, hech ikkilanmasdan uni oʻzgartiring. Agar oʻzgartira olmasangiz, unga nisbatan munosabatingizni oʻzgartiring. Shikoyat qilavermang. Katta oʻzgarishlardan biri bu inson hayotidagi munosabatning oʻzgarishidir. Toʻgʻri munosabat samarali harakatlar mahsulidir.
Agar chin dildan baxtli boʻlishni xohlasangiz, sizni hech kim toʻxtata olmaydi.
Idishdagi suvni toʻla yoki yarim holatda koʻrish bu sizning unga qanday munosabat bilan qarashingizga bogʻliq. Ijobiy fikr egalari hech kim koʻrolmaydigan narsalarni koʻra oladi, boshqalar tuymaydigan baʼzi hislarni oʻzida his qila oladi, erishib boʻlmaydigandek tuyulgan yutuqlarga erisha oladi.
Muvaffaqiyatli inson bilan boshqalar oʻrtasidagi farq bilimning yetarli emasligida emas, balki xohish-istakning kamligida. Zero, insondagi qobiliyat emas, eʼtibor uning yuksakligini belgilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”