O‘zbekiston chempionati — Superliganing 21-turidan o‘rin olgan bahsda «Bunyodkor» klubi o‘z maydonida «Xorazm»ga qarshi maydonga tushdi. Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar so‘nggi daqiqalardagi penalti tufayli qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning asosiy qismida har ikki jamoa bir qator xavfli hujumlar uyushtirdi, biroq darvozabonlar ishonchli o‘yini va himoyachilarning mahorati tufayli hisob o‘zgarmadi. Faqat 82-daqiqada «Bunyodkor» hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan aniq zarba berib, jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi.
Ilyos Zeytullayev boshqaruvidagi «Bunyodkor» shu g‘alabadan keyin ochkolarini 38 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-pog‘onaga ko‘tarildi. Mehmonlar «Xorazm» esa 19 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi va vaziyatni yaxshilash uchun keyingi turlarda bor kuchini ishga solishiga to‘g‘ri keladi.
Superliga. 21-tur
14 sentyabr, «Olimpiya» stadioni
Bunyodkor — Xorazm 1:0
Gol: Abduxoliqov (82, penalti).
Bunyodkor: Abdumavlon Abduljalilov, Nikoloz Mali, Najmiddin Normurodov, Imeda Ashortiya (Asad Rahimjonov, 89), Rasul Yo‘ldoshev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marko Bugarin (Aleksandr Zevadinov, 74), Ollobergan Karimov (Martin Shroler, 62), Nosir Abdusalomov (Mirkomil Murodov, 74), Itsuki Urata, Amir To‘raqulov.
Xorazm: Artyom Potapov, Abbos Otaxonov, Temur Ismailov (Sunnatulla Abdullajonov, 60), Xazrat Tursunkulov, Jasur Azimov (Diyor Ortiqboyev, 60), Murod Bobojonov, Humoyunmirzo Iminov (Asadbek Saitxonov, 70), Vladimir Bubanya, Abror Xusinov, Rustam Abduhamidov, Shahrom Samiyev (Azizjon Ahrorov, 83).
Ogohlantirishlar: Ashortia (39), Potapov (81).
«Bunyodkor»ning ushbu zafari klubning chempionatdagi ambitsiyalari uchun juda katta ahamiyat kasb etdi. «Xorazm» esa turnirda qolish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!