date

«Roma» o‘z maydonida «Torino»ga yutqazib qo‘ydi (video)

«Roma» o‘z maydonida «Torino»ga yutqazib qo‘ydi (video)

Italiya chempionati — A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan bahsda Rimning «Roma» klubi o‘z maydonida «Torino»ni qabul qildi. Jamoa muxlislari kutgan g‘alaba o‘rniga, rimliklar imkoniyatni boy berdi va turinliklarga qarshi yo‘qotishga uchradi.

Uchrashuv taqdiri yagona gol bilan hal bo‘ldi. 59-daqiqada Jovanni Simeone to‘pni darvozaga joylab, «Torino»ga qimmatli 3 ochko olib keldi. Shu bilan birga, bu «Roma»ning yangi bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini qo‘l ostidagi ilk mag‘lubiyati sifatida qayd etildi.

Uchrashuvdan keyingi holatlarga nazar tashlasak, «Roma» 6 ochko bilan turnir jadvalida 4-pog‘onada qolmoqda. Turinliklar esa mavsumdagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, 4 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarilishdi.

A Seriya. 3-tur

14 sentyabr, «Olimpiko»

Roma — Torino 0:1

Gol: Simeone (59).

Roma: Svilar, Ermoso (Chelik, 79), Manchini, Ndika, Uesli, Anxelino (El Shaaravi, 80), Kone, Kristante (Pisilli, 65), Al Aynaui (Fergyuson, 46), Soule, Dibala (Baldanzi, 46).

Torino: Israel, Ismayli, Maripan, Koko, Lazaro, Aslani (Tamez, 80), Kazadei (Ilich, 64), Biragi, Ngonge (Abuhilol, 64), Vlashich (Anjorin, 84), Simeone (Adams, 65).

Ogohlantirishlar: Aslani (32), Ismayli (35), Uesli (53), Anxelino (77), Abuhilol (81).

Rimliklar keyingi turda xatolarni takrorlamaslik uchun bor kuchini safarbar etishlari shart. Turinliklar esa ruhiy ko‘tarinkilik bilan navbatdagi bahslarga tayyorgarlik ko‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Roma» o‘z maydonida «Torino»ga yutqazib qo‘ydi (video)