Ruminiya Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududiga Rossiya droni kirganini ma’lum qildi. Bu — Polshadan keyin NATO davlatlari orasida qayd etilgan ikkinchi shunday holat bo‘ldi.
Vazirlikka ko‘ra, dron Chilia Veche qishlog‘i yaqinida aniqlangan, ammo aholi yashaydigan hududlar ustidan uchmagan va xavf tug‘dirmagan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu hodisani Rossiyaning urushni kengaytirish harakati deb baholadi. Yevropa Ittifoqi ham Ruminiya hududi buzilishini qoraladi.
Polsha esa bu hafta hududiga kirgan bir necha Rossiya dronini urib tushirdi. NATO davlatlari chegaralarda mudofaa choralarini kuchaytirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar