“Hurmatli Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Shayxontohur, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim aholisiga ma’lumot!”
“Veolia Energy Tashkent” MCHJ xususiy kompaniyasi tomonidan olib boriladigan profilaktika va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari munosabati bilan quyidagi hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu ishlar asosan tizimni qishki mavsumga tayyorlash, texnik holatni yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Muddat: 15–19-sentyabr
Hududlar va ko‘chalar:
Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Cho‘lpon va Alimkent ko‘chalari.
Massivlar: Tuzel–1 va 4, Uysizlar–1, Asalobod–1,2, Aviasozlar shaharchasi (1, 1A, 2,3,4)
Shuningdek, Amir Temur, Mustaqillik shoh, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob va boshqa ko‘chalarda ham izohlangan muddatda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Massivlar: Ts–1,2,4,5,7; Oqtepa, Chilonzor (1–5,7,E,I), Qushbegi, Uchuvchilar shaharchasi.
“Hurmatli iste’molchilar, ushbu profilaktika ishlari tizimning barqarorligini ta’minlash, xizmat sifatini yaxshilash va kelgusi qishki mavsumda aholi uchun uzluksiz va qulay xizmat ko‘rsatish uchun zarur. Vaziyatni tushunganingiz va sabr bilan intizor bo‘lganingiz uchun kompaniyamiz minnatdorchilik bildiradi”-deyiladi tashkilot bergan xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!