Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroqligi, sadaqa umrni uzaytirishi, musibatlardan xalos bo‘lish uchun jonliq so‘yish, katta musibatlardan sog‘-salomat, betalofat chiqqandan keyin jonliq qurbonlik qilgan afzalligi tarix suzgichidan o‘tgan oyat va hadislarning bizga qoldirgan odatlaridandir. Islom xamirturushi bilan ozuqalangan madaniyatimiz baham ko‘rishlikni hayot tarziga aylantirgan. Biz yashayotgan asr esa g‘arb madaniyatining xudbin qarashlari hukmron bo‘lgan davr hisoblanadi. Ya’ni, baham ko‘rishni emas, jamg‘arishni tavsiya qiladigan madaniyat (agar buni madaniyat deyish to‘g‘ri bo‘lsa!). Qancha ko‘p jamg‘arsang, shu qadar ko‘p baxtli bo‘lishni uqtirayotgan madaniyat(sizlik). Qo‘lingdagi imkonlar bilan boshqalarni sevintirish o‘rniga, tinimsiz yana bir yangisini olib sarflashni reklama qilayotgan madaniyat(sizlik).
Xorijda nashr qilinadigan Social Psychological and Personality Science jurnalida Kurt Gray ismli tadqiqotchi olimning izlanishlari natijasidagi xulosani o‘qib, kuldim. Bizning madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga singib ketgan oddiy holatlar tadqiqotchi tomonidan isbot qilinib, ilmiy izlanish darajasiga olib chiqilganidan kulgim qistadi.
Biz yashayotgan olam turli xavf-xatarlar va mashaqqatlarga to‘la. Bu hayot bilan murosa qilish uchun quvvat, sabr va iroda kabi insoniy xususiyatlar muhim ahamiyatga ega. Bunday xususiyatlar sohibi bo‘lgan farzandlar tarbiyalashni kim ham istamaydi deysiz? Garvard Universitetida o‘tkazilgan bir tadqiqot axloq munosabatlari uchun yuqoridagi xususiyatlar insonda bo‘lishi kerakligini isbotlabdi. Social Psychological and Personality Science jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosalariga ko‘ra, bir kishining boshqa insonga yaxshilik qilishi, hatto bir insonga yordam berishni o‘ylashi, o‘sha insonni mashaqqatlarga qarshi sabr-toqatli bo‘lishga undaydi va hatto jismoniy jihatdan insonni yana-da baquvvat qilar ekan.
Gray tadqiqotida ikkita tajribani rejalashtiribdi. Birinchi tajribada ko‘ngillilarga bir dollardan pul berilibdi va bu pulni yo o‘zlariga saqlab qolish yoki xayriya tashkilotlariga sadaqa qilishlari mumkinligi aytilibdi. Undan keyin qatnashchilarga 5 libre (2,5 kilogramga yaqin) yukni ko‘tarib tura olganlaricha ko‘tarish so‘raladi. O‘ziga berilgan pulni xayriya tashkilotlariga bag‘ishlaganlar bu yukni boshqalarga nisbatan 10 daqiqadan ko‘proq ushlab tura olishibdi.
Ikkinchi tajribada esa orzu qilish bilan bog‘liq tadbir o‘tkazibdi. Bu tajribada ko‘ngillilarga o‘zlari bilan bog‘liq xayoliy hikoya yozishlari so‘ralibdi. Bu hikoyada o‘ziga yoki boshqa insonga yordam berganda, yo biror zarar yetkazganda, umuman hech nima qilmaganda nimalarni o‘ylashni yozish topshirilibdi. Avvalgi tajribada bo‘lganidek, o‘ziga yo boshqa birovga yordam qilishni xayol qilganlar kuch-quvvat va sabr-toqatda boshqalardan ko‘ra oldinda ekanligi aniqlanibdi.
Bu tadqiqotlarni o‘tkazgan Kurt Gray tajribalarini axloqiy ma’noda “Haqiqatga aylangan bashorat” deya nomlabdi. Ya’ni, inson yaxshilik qilganini o‘ylaydi o‘zini yaxshilik qilguvchilardan deb hisoblasa, kuchli, baquvvat va irodali his etadi. Parhezdan depressiyagacha bo‘lgan muammolarni yengish uchun ham atrofdagilarga yaxshilik qilish bilan yengish oson yo‘l ekanligini ta’kidlagan Gray, “Balki ishga ketayotib, juda mazzali yegulikka qarshi turishning eng yaxshi yo‘li— ertalab biror muhtojga sadaqa berishdir” deydi.
Bu usul bezovtalik va depressiyadan qutulish uchun ham yaxshi natija berishini ta’kidlagan Kurt Gray “Boshqalarga yordam berish o‘z hayoti nazoratini yangidan qo‘lga olishning eng qulay yo‘li bo‘la oladi” deya depressiya va halovatsizlik muolajasi bilan bog‘liq ajoyib yechim misol keltiradi. “Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroqdir”, degan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlarimiz. Olganda, yig‘ganda emas, berganda, baham ko‘rganda ko‘proq xursand bo‘lishimizni Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir necha asr oldin aytib ketganlar.
- Sevinish uchun sevintiring.
- Sevilish uchun seving.
- Ko‘proq topish uchun topganlaringizdan ulashing.
- Bularning bari sizni ma’naviy-ruhiy jihatdan kuchli qiladi.
- Ruhiy kuchning moddiy kuchdan ustunligini anglamagan g‘arb, moddiy jihatdan kuchliligiga qaramay, ma’naviy jihatdan cho‘kib ketmoqda.
- Ruhiyati tushkun (ma’naviy jihatdan singan) futbolchi baquvvat bo‘lsa ham, yetarlicha tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa ham yaxshi o‘ynayolmaydi.
- Mushaklaringizdagi quvvatga emas, qalbingizdagi quvvatga ishoning.
- Qalbingizni olish, yig‘ish emas, berish va baham ko‘rish quvvatlantiradi.
- Beruvchi qo‘lga bog‘liq qalb, yig‘uvchi qo‘lga egalik qiladigan qalbdan ko‘ra kuchliroqdir. Qalbingiz va ruhingizni quvvatlantiring.
"Stress va iymon" kitobidan Umida Adizova tayyorladi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)