“Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qo‘ya qoling”. (Nahl surasi, 1-oyat).
Hodisalardan oldinlab ketmang. Nima, homilasi hali yetilmagan bolani tug‘dirib yoki pishmagan mevani uzib olasizmi? Axir ertaga degani yo‘q narsa, uning haqiqati yo‘q. Borligi yo‘q, ta’mi ham, rangi ham yo‘q. Shunday ekan, nima uchun hali kelmagan kunning, hali yo‘q musibatlarini o‘ylab ezilamiz, xavfsiraymiz va hali yuz bermagan hodisalarga ahamiyat beramiz? U hali yuz beradimi, yo‘qmi, bilmaymizku? Yuz bersa ham, balki xursandchilik va shodlik bo‘lar?!
Muhimi, u hali g‘ayb olamidadir. Hali-beri yerda sodir bo‘lmagan. Demak, kelmasidan oldin ko‘prik qurib, undan o‘tishning hojati yo‘q. Imkoni ham yo‘q. Kim biladi, balki ko‘prikka yetib kelmay to‘xtab qolarmiz. Yoki yetib bormasimizdan oldin ko‘prik qulab tushar, ehtimol ko‘prikka yetib ham borarmiz, sog‘-omon o‘tib ham olarmiz.
Kelajak haqida fikr yuritish uchun zehnga keng imkoniyatlar berib, g‘aybga taalluqli kitoblarni varaqlash, keyin sodir bo‘lishi ehtimoli bor narsalarga bezovtalanish shar’an oqlanmaydi ham. Chunki, bular oddiy orzu-havaslar bo‘lib, aql uni ayblaydi. Bu narsa soya bilan olishuv kabidir. Ko‘pincha kelajakda ochlik-yalang‘ochlik, bemorlik, kambag‘allik va musibatlar sodir bo‘ladi, deb qo‘rqitiladi. Bunaqa ishlar shayton maktabining o‘quv dasturlaridir.
“Shayton sizlarni (xayr-ehson qilishda) kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga undaydi. Alloh (esa) sizlarga O‘zidan mag‘firat va fazl (boylik) va’da qiladi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir”. (Baqara surasi, 26-oyat).
Ko‘p yig‘loqilar ertaga och qolishi, bir yildan keyin kasalga chalinishi yoki yuz yildan so‘ng tamom bo‘lib qolishi… kabilardan qo‘rqadi. Umri boshqaning iznida bo‘lgan odam yo‘qlikdan garov olishi aslo mumkin emas. Qachon o‘lishini bilmaydigan kimsa haqiqati yo‘q, hali kelmagan narsa ila mashg‘ul bo‘lishi ham joiz emas. To yetib kelgunicha ertani tark eting. Xabarlari haqida so‘rab o‘tirmang, bostirib keluvchi mashaqqatlarni o‘ylamang. Chunki siz buguningiz bilan bandsiz.
Ajablanish kerak bo‘lsa, g‘amni qarzga olib naqdga aylantirgan, so‘ng hali quyoshi chiqmagan, nuri ko‘rinmagan kunda uni nasiyaga to‘laydigan kishilardan ajablaning. Behuda o‘ylanaverishdan o‘zingizni tiying.
"O‘kinma" kitobidan
Shayx Oiz Qarniy
Shayx Oiz Qarniy
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”