O‘ziga ishongan odam olomon ichida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday odamlarni qanday oddiy, ammo muhim jihatlar ajratib ko‘rsatadi? Jismoniy faollik yordamida ishonch hissini rivojlantirish mumkinmi?
Qadni tik tutish
O‘ziga nisbatan ishonchsizlik hissi qad va turish holati orqali namoyon bo‘ladi. Qaddi bukchaygan odam xuddi sezilmas bo‘lib ko‘rinishga urinayotganga o‘xshaydi va o‘zini nomunosib shaxs deb hisoblaydi. Uning turish holati undagi berkinish hissini namoyish etayotganga o‘xshaydi.
O‘ziga bo‘lgan ishonchni his etadigan kishi esa qaddi va yelkalarini tik tutadi. U o‘zini namoyon etishdan cho‘chimaydi.
Jismoniy mashqlar orqali o‘z-o‘zingizga beradigan baho ustida ham ishlash mumkin. Buning uchun qomatning yuqori qismi uchun mashqlar bajarish foydali.
Nafas
O‘ziga nisbatan sog‘lom munosabatdagi kishi har qanday holatda ham o‘ziga ishonch va xotirjamlikni saqlay oladi. U sokin, biroq e’tiborli holatda qoladi. Bunday kishilar nafas bilan ishlashni bilishadi.
Bu kabi ko‘nikmani yoga mashqlari orqali rivojlantirish mumkin. Nafasni muvofiqlashtirish – foydali ko‘nikma. Nostandart vaziyatda nafasni bir tekis, sokin va chuqur holatda saqlash muhim.
Ovoz
Suhbatdoshingiz ovoziga e’tibor bering. O‘ziga ishongan kishilarda ovoz markazdan chiqadi. Bunday ovozda kuchni his etish mumkin. Odatda uni jarangdor deb atashadi. O‘ziga ishongan kishilar shoshmasdan, o‘ylab, tovush balandligini o‘zgartirmay gapirishadi. Ichki xotirjamlikni yoga va meditatsiya mashqlari rivojlantiradi.
Yurish
Qiziq, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik hissi yurish vaqtidagi oyoq panjasi holatida ham namoyon bo‘ladi. Bunday kishilar panjani ichkariga buradilar. Bundan tashqari, qo‘llar ko‘pincha yopiq pozada bo‘ladi. Masalan, qo‘llardan biri boshqa tirsak yoki yelka ustida bo‘ladi. Bunda qo‘l qancha yuqori va yopiq bo‘lsa, odam o‘ziga nisbatan shuncha ishonchsiz.
O‘ziga ishongan kishilar esa bir tekisda harakat qilishadi, o‘z tanalari va atrofni his etishadi, qadlarini tik tutib, oyoqlarida mahkam turishadi.
Raqs bilan shug‘ullanib, tanani yaxshiroq his etish mumkin. Bu mashg‘ulot plastikani rivojlantirish va tanani yaxshiroq boshqarishda yordam beradi. Albatta, bu ko‘nikmalar yurishingiz va ichki holatingizda darhol o‘z aksini topadi.
Har qanday jismoniy mashqlar va sport jismoniy anglash hissini rivojlantiradi. Shu tariqa, aqliy bloklar va o‘zingizni his etish ko‘nikmasi bilan ishlash mumkin.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?