date

«Real» tarixiy qaror arafasida: 1 mlrd yevro evaziga klub aksiyasi sotiladi

«Real» tarixiy qaror arafasida: 1 mlrd yevro evaziga klub aksiyasi sotiladi

Madridning «Real» klubi o‘z moliyaviy tuzilmasida ulkan o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib bormoqda. Voz Populi nashrining xabar berishicha, dunyoning yirik sarmoyadorlari «Qirollik klubi» ulushini sotib olishga katta qiziqish bildirgan.

Kimlar klubga investitsiya kiritmoqchi?

Klub aksiyalarini qo‘lga kiritish istagini Sixth Street investitsiya kompaniyasi hamda dunyodagi eng yirik hashamatli tovarlar imperiyasi LVMH rahbari Bernar Arno shaxsan bildirgan.

Manbaga ko‘ra, investorlar «Real»ning taxminan 10 foiz aksiyasi uchun 1 milliard yevro atrofidagi taklifni tayyorlamoqda. Florentino Peresning xorijiy sarmoya jalb qilish rejalarini faollashtirgani aytilgan.

Hozirgi kunda «Real» klubining umumiy bozor qiymati 10 milliard yevrodan yuqori ekani qayd etilgan.

Navbatdagi qadam: Favqulodda majlis

Dekabr oyining o‘rtalarida klub a’zolari ishtirokida favqulodda majlis o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda asosiy masala — klub boshqaruvida ishtirok etmaydigan, lekin iqtisodiy huquqlarga ega bo‘ladigan minoritar aksiyadorlarni joriy etish masalasi muhokama qilinadi.

Qayd etish joizki, Sixth Street hozirda ham klubning asosiy obyekti — «Santyago Bernabeu» stadionidagi tijorat loyihalarida sheriklik qilmoqda. LVMH esa yaqinda «Real»ning rasmiy ta’minlovchisi maqomini olgan.

Ushbu ulush sotib olish har ikki tomon uchun ham uzoq muddatli va xavfi past strategik qadam sifatida baholanmoqda. Loyiha ma’qullansa, «Real» sport va boshqaruvdagi markazlashuvni saqlagan holda, rivojlanish uchun ulkan qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» tarixiy qaror arafasida: 1 mlrd yevro evaziga klub aksiyasi sotiladi