date

Klopp «Liverpul» inqiroziga izoh berdi: Hozir faqat sabr qilish kerak

Klopp «Liverpul» inqiroziga izoh berdi: Hozir faqat sabr qilish kerak

Angliya Premyer-ligasida (APL) «Liverpul» jamoasi og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda. Mersisaydliklar kecha, 22-noyabr kuni «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinda 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. 12 tur yakunida bu ularning oltinchi muvaffaqiyatsizligi hisoblanadi.

«Qizillar»ning afsonaviy sobiq ustozi Yurgen Klopp yuzaga kelgan inqirozli vaziyat haqida o‘z munosabatini bildirdi. U jamoaga va muxlislarga vahimaga tushmaslik va xotirjamlikni saqlashni maslahat berdi.

«Masala shundaki, Arne [Slot] jamoadan maksimal natija olishga harakat qilayapti. Har qanday o‘zgarish ta’sir qiladi va bunga vaqt kerak bo‘ladi. Tarkibga yangi o‘yinchilar jalb qilingan, ular haqiqatan ham yaxshi futbolchilar. Faqat hozir bu inqirozni yo‘qotish uchun hech narsa hal qilinmagan, oson yechimning o‘zi yo‘q», – dedi Klopp.

Kloppning ta’kidlashicha, jamoaga ko‘p sonli yangi futbolchilar qo‘shilgan. Ularga o‘zaro kelishish va o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyish etish uchun yetarlicha moslashish davri zarur. Shu sababli shoshilinch xulosalar chiqarmasdan, murabbiylar shtabiga ishlash uchun imkoniyat berish lozim.

Ma’lumot uchun: Yurgen Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha to‘qqiz yil davomida «Liverpul»ni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning davrida jamoa Angliya chempioni va UEFA Chempionlar Ligasi kabi nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Klopp «Liverpul» inqiroziga izoh berdi: Hozir faqat sabr qilish kerak