date

Jon Terri va Abramovich suhbatining siri


Jon Terri 1995 yilda "Chelsi"ning yoshlar jamoasiga qo'shilgan va 2017 yilgacha klub sharafini himoya qilgan. Bir vaqtlar u "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin bo'lgan.

Sobiq sardor o'sha voqeani esladi. "2009-2010 yillarda, Karlo Anchelotti "Chelsi"ni boshqargan paytda, "Manchester Siti" menga 29 million funtlik taklif bilan chiqqandi.

"Chelsi" bu haqda gaplashishni boshlagach, men darhol: "Men ketishni xohlamayman. Agar meni sotmoqchi bo'lsangiz, bu masalani muhokama qilishimiz kerak, chunki men bu yerda qolishni xohlamayman, agar siz meni xohlamasangiz", dedim.

Shunda Roman [Abramovich] menga: "Biz seni xohlaymiz. Biz seni jamoada qolishingni istaymiz", dedi.

Men javoban: "Men 100 foiz qolishni xohlayman, shuning uchun yangi shartnoma imzolaylik", dedim. Nihoyat, men yangi shartnomaga qo'l qo'ydim va deyarli butun faoliyatimni "Chelsi"ga bag'ishladim.

Men 29 yoshimda besh yillik shartnoma imzoladim. Bu hayotimdagi eng yaxshi qaror edi", deya xotirlaydi Terri.

Hozirda "Chelsi" APL jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jon Terri va Abramovich suhbatining siri