3 545
Avstraliyalik olimlar inson 40 yoshdan keyin kamroq ishlashi kerakligini aniqlashdi
Foto: Pixabay
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar kabi Avstraliya ham tug‘ilish darajasi yuqori emasligi va umr ko‘rish davomiyligi ko‘rsatkichi ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun mamlakat rahbariyati nafaqa yoshini uzaytirish haqida o‘yladi va yaqindan boshlab avstraliyaliklar nafaqaga 65 yoshda emas, 67 yoshda chiqadigan bo‘lishdi. Biroq olimlar bunday o‘zgarish ish beruvchiga ham, davlatga ham katta foyda keltirmasligini aytishmoqda, chunki yoshi 40 dan oshgan xodimlarning ish qobiliyati u qadar yuqori emas.
Melburn universiteti mutaxassislari xuddi shu xulosaga kelishdi. Ular 40 yoshdan katta 7 500 nafar avstraliyaliklarning kognitiv funksiyalarini tadqiq etishdi. Ko‘ngillilar ularning xotirasi, fikrlash tarzi, shuningdek, qarorlarni qabul qilishdagi professionallikni baholashda yordam beradigan bir qator testlardan o‘tishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, haftasiga 30 soatdan ortiq ishlash kognitiv funksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan.
Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, bugun mavjud bo‘lgan 40 soatlik ish haftasi gap o‘rta va katta yoshdagi odamlar haqida borganida kutilgan iqtisodiy samara bermaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 40 yoshdan o‘tgan kishilar uchun 25-30 soatlik ish haftasi optimal sanaladi. Ushbu yosh kategoriyasidagi xodimlar ish kuni haftasiga 3 kungacha qisqartirilganida yaxshi natijalar ko‘rsatishi aniqlandi.
Tadqiqot mualliflari boshqa mamlakatlar uchun mazkur ko‘rsatkichlar o‘zgacha bo‘lishi mumkinligini qayd etishmoqda. Shu tariqa, ish vaqtini taqsimlashning mavjud chizmasi, shuningdek ish haftasining davomiyligi kutilgan natija bermaydi, chunki ish jarayoni charchoq hissi, ishtiyoqning yo‘qolishiga olib keladi va ijobiy hislar keltirmaydi.
Biroq melburnlik tadqiqotchilar xodimlar ko‘proq dam olishi, ish beruvchi bundan ko‘proq foyda ko‘rishini ilgari surish bo‘yicha birinchi sanalmaydilar. Masalan, Avstraliyadagi kompaniyalardan biri o‘z xodimlariga uzunligi 12 haftadan iborat ta’til berishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi