Bo‘yin og‘rig‘i, bosh og‘rishi, charchoq — sababi yostiqda

Salomatlik1 daqiqa o'qish599
Bo‘yin og‘rig‘i, bosh og‘rishi, charchoq — sababi yostiqda

Yaponiyaning Tokio umurtqa instituti mutaxassisi, og‘riq bo‘yicha yetakchi shifokor Xirosi Tanakaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik har kuni tungi uyqu paytida bilmagan holda bo‘yin va yelka mushaklariga zarar yetkazmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, odatdagi yostiqlar mushaklarni tinch holatda ushlab turolmaydi va ular butun tun davomida zo‘riqish holatida qoladi. Bu esa uzoq muddatda og‘riq, holsizlik va uyqu sifatining pasayishiga olib keladi.

Tanakaning aytishicha, mushaklarning bunday zo‘riqishi nafaqat bo‘yin, balki yelka va yuqori orqa qismida ham og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, qon aylanishining sekinlashuvi tufayli bu mushaklar yetarli kislorod ololmaydi, bu esa doimiy charchoq va kuchsizlikka sabab bo‘ladi. “Oddiy yostiqlar tanamizni noto‘g‘ri holatda ushlab, organizmni asta-sekin charchatadi,” — deydi u.

Ushbu tadqiqotlar shuningdek, noto‘g‘ri yostiqdan foydalanish bosh og‘rig‘i va hatto ba’zi nevrologik muammolarga ham olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan. Shifokorlarning fikricha, odamlar odatda muammoni davolashga urinadi, ammo asl sabab — noto‘g‘ri yostiqdan foydalanish — e’tibordan chetda qoladi.

Tanaka bu muammoni hal etish uchun ergonomik va fiziologik jihatdan to‘g‘ri shakllangan yangi turdagi yostiq ishlab chiqishda ishtirok etgan. Uning jamoasi tomonidan yaratilgan yostiq bo‘yin va umurtqani to‘g‘ri holatda ushlab turadi, mushaklardagi bosimni kamaytiradi va tanani tabiiy dam olish holatiga keltiradi. Mutaxassislarning fikricha, to‘g‘ri yostiq tanlash uyqu sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va sog‘lom bo‘yin mushaklarini saqlab qolishga yordam beradi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?