
Barselona klubi vakillari Lamin Yamalga qarshi diskreditatsiya kampaniyasi Real Madrid tomonidan tashkil qilingan bo‘lishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Bu haqda Sport nashri seshanba kuni e'lon qilgan maqolada ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, ba'zi Barselona vakillari Madrid klubi Yamalni diskreditatsiya qilish orqali Messi sabab yuz bergan o‘n yillik muammolarni takrorlashdan qo‘rqayotgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlagan. Shu sababli Barselona Laminni himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga bel bog‘lagan.
Shu bilan birga, Barselona 18 yoshli futbolchining xatti-harakatlarini yanada diqqat bilan kuzatib borish qarorini qabul qildi. Lamin Yamalning agenti Xorxe Mendes ham yosh iqtidorni yaqindan qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal joriy yilda "Oltin to‘p" ovoz berish natijalarida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu nufuzli mukofotni PSJ hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi.
Ayni vaqtda Barselona La Liga turnir jadvalida ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar