Foto: Shutterstock
Biz odam miyasi yong‘oq o‘xshash ko‘rinishga ega degan tasavvurga ishonib qolganmiz. Xo‘sh, nimaga shunday? FunScience kanali bu savolga javob berdi.
Miya po‘stlog‘i, shuningdek, kulrang modda ham deyiladi va u bola hali bachadondaligidayoq burmalar hosil qilishni boshlaydi. Buning sababi po‘stloqning kengayishi ekanligini Kembrij universiteti psixiatriya kafedrasi mutaxassisi Liza Ronan izohlab bergan. Mohiyatan, miya po‘stlog‘i kengayishi tufayli uning tashqi qatlamlariga bosim ortadi va shu sababli miyaning eng tashqi qavati burishib, burmalar hosil qila boshlaydi. Burmalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, unda shunchalik ko‘p miqdordagi neyronlarga joy bo‘ladi va bu orqali odamning fikrlash va ong salohiyati ortadi.
Hayvonot olami vakillarida esa miyasida burmalar mavjud bo‘lgan turlar unchalik ko‘p emas. Masalan, kemiruvchilarda miya burmalar hosil bo‘ladigan darajada kattalashmaydi va miya burishmaydi. Odatda burmalar yirikroq miyali jonivorlarda uchraydi. Biroq hammasida ham emas. Masalan, dengiz sigirining miyasi boshqalar bilan taqqoslaganda yetarlicha yirik bo‘lgani bilan, unda burmalar juda oz. Buning ham sababi bor albatta. Chunki miyada burmalar hosil bo‘lishida faqat uning o‘lchamlari emas, balki miya po‘stlog‘ining fizik xususiyatlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Po‘stloq yupqaroq bo‘lsa, unda burmalar osonroq hosil bo‘ladi.
Burmalarning hosil bo‘lishida muayyan qonuniyat mavjudligi bilan qiziqdir. Bir qarashda miyadagi burmalarning burishgan-tirishgan joylari, ariqcha va qatlamlari xuddi betartib, tasodifiy shakllarda paydo bo‘ladigandek ko‘rinadi. Biroq muayyan biologik turlardagi miya burmalarining shakli bir xil bo‘ladi va nafaqat. Ya’ni, biror jonivorning boshqa turga mansub qardosh turdoshlaridagi miya burmalari ham o‘xshash bo‘ladi! Va shunga ko‘ra xulosa qilinadiki, burmalarning shakli va tartibi hamma turlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy olib qaraganda, miyaning muayyan joyining fizik xossalari va yerdagi burmalar tartibi, aynan shu joyning bajaradigan funksional vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq, miyadagi burmalar sonining ko‘p ekanligi ong va fikrlash darajasining rivojlanganligiga dalil bo‘la olmaydi. Masalan, filning miyasida burmalar odam miyasidagidan ancha ko‘p bo‘ladi. Vaholanki, fillarni fikrlaydi, yoki, mulohaza yurita oladi deb ayta olmaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”