16:54 / 04.10.2019
5 392

Qaysi kasblar «saxar» kasalligini chaqiradi?

Qaysi kasblar «saxar» kasalligini chaqiradi?
Foto: «Ruroditel»
Shvetsiyalik olimlar odamning kasbiy faoliyati bilan 2-tip diabet rivojlanishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Ekspertlar 1937 — 1979 yillar davomida dunyoga kelgan qariyb 4,5 million kishining salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishdi, deb yozadi «Xabar» nashri.

Buni qarangki, kasb chindan ham mazkur xastalikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. Mana, masalan, kuchli jins vakillari orasida diabet asosan haydovchilar (8,8 foiz) va ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatuvchilar (7,7 foiz)da qayd etilgan. Eng kam dasturchilarda kuzatilgan (2,5 foiz).

Ayollarga kelsak, ular uchun eng xavfli ish deb ishlab chiqarishda mehnat qilish topildi (6,4 foiz diabet holati). Bundan tashqari, xavfli guruhga oshpazlar (5,5 foiz) va farroshlar (5,1 foiz) ham kiritildi. Eng past ko‘rsatkich muhandislarda qayd etildi (1,2 foiz).

Olimlarning fikricha, diabet xavfining yuqoriligi nobarqaror ish jadvali bilan bog‘liq. Uyquga to‘ymaslik, tungi smenalar va doimiy stress inson sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mutaxassislar yodga soladi: diabet kelib chiqish ehtimolini kamaytirish uchun vaznni nazorat qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy yuklamalarga zo‘r bermaslik kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi kasblar «saxar» kasalligini chaqiradi?