Foto: «RIA Novosti»
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, motivatsiya beruvchi psixologik kitoblar emas, balki klassik adabiyot inson miyasini oziqlantirib, hayoti sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu haqda «Daily Mail»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Ekspertlar ruhiy siqilish, surunkali xastaliklar va hatto demensiya (odatda yoshi ulug‘larda kuzatiladigan kognitiv funksiyalarning buzilishi)da «O‘zingga o‘zing yordam ber» toifasidagi kitoblardan voz kechib, yaxshisi, mumtoz adabiyot namunalari, masalan, Charlz Dikkens, Lev Tolstoy yoki Jeyn Ostin kabi yozuvchilarning asarlarini mutolaa qilishni tavsiya qilishmoqda.
Liperpul universiteti professori Filipp Devisning uqtirishicha, mumtoz adabiyot mutolaasi hissiyot va tasavvurni erkinlikka chiqarib, odamlarga o‘zlarini «yanada tirikroq» his etish imkonini beradiki, o‘z-o‘zidan har xil kasalliklar simptomlari yengillashadi.
Motivatsion kitoblar bilan esa bunday emas, chunki ularni o‘qish jarayoni shunchaki ko‘nikma berib, miyadagi qayg‘uli o‘y-xayollarni quva olmaydi.
Kitob o‘qish keksayganda ham xotiraning yaxshi saqlanishida yordam berishi allaqachonlar isbotlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi