13:30 / 04.03.2020
4 117

Siz o‘zingizni necha yosh deb hisoblasangiz, shuncha yoshsiz

Siz o‘zingizni necha yosh deb hisoblasangiz, shuncha yoshsiz

Qadimgi afsona va ertaklarda qachonlardir odamlar bir necha yuz yil yashaganligi haqida gapirilgan. Kimdir sakkiz yuz yil, birovlari olti yuz — uzoq yashash odatiy hol bo‘lgan. O‘zi nima bulgan? Odamlarning ishonchi o‘zgargan. Albatta, birpasda emas. Ular bir necha avlodlar ichida... toki odamlar bir necha o‘n yillar yashashi mumkinligiga ishonmagunlaricha davom etgan.

Bor kuchingiz bilan umringiz chegarasining eng yuqori nuqtasini belgilamaslikka harakat qiling. Biror odam berilgan hayot davomiyligi chegarasidan oshsa, bu odamning tasavvurini o‘zgartirib yuboradi. Uzoq yashagan odamlar ketidan boshqalari paydo buladi. Kimdir unga berilgan vaqtdan oshganini ko‘rsa va boshqa odamlar his qilsalar, ular ham unga erishishlariga ishonadilar.

Erishadilar ham!
Agar qarish va munkillab qolish muqarrar deb hisoblasangiz, sizning fikrlaringiz hissiyotlaringizga o‘tadi va siz qarish va munkillashni boshlaysiz.
Tanangiz hujayralari, organlar va butun organizmingiz sizning ishonchingizni qabul qiladi va hissiyotlaringiz ularga moslashishga majbur bo‘ladi.

YOSHINGIZNI SЕZISHNI BAS QILING.
  • O‘zingizni yosh his qiling.

Yoshingizni his qilishingiz bu faqat sizning tanangizga yuklab quygan ishonchingiz.
  • O‘z ishonchingizni o‘zgartirib, siz istagan daqiqada bu dasturni va organizmga beradigan buyruqlaringiz mazmunini o‘zgartira olasiz.

O‘z ishonchingizni qanday o‘zgartirishingiz mumkin? Faqat muhabbat yordamida!
Odam umri cheklanganligi, qarish va kasalliklarning muqarrarligi haqidagi tasavvurlar — bular salbiy, muhabbat bilan hech qanday umumiyligi yo‘q tasavvur.

Siz muhabbat taratayotganingizda, mehrga to‘lganingizda, muhabbat hamma salbiy narsalarni, jumladan sizga zarar keltiradigan, salbiy tasavvurlarni eritib yuboradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz o‘zingizni necha yosh deb hisoblasangiz, shuncha yoshsiz