13:46 / 27.04.2020
3 972

Ro‘zani ochmaydigan amallar

Ro‘zani ochmaydigan amallar
Ro‘zani ochmaydigan va makruh bo‘lmagan amallar

1. Surma qo‘yish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘zador hollarida surma qo‘yar edilar;
2. Mo‘ylab, soqollariga yog‘ surtish;

3. Badan, boshlarga yog‘ surtish;
4. Ro‘zador tahoratdan tashqari og‘iz-burunlarini chayish, salqinlash maqsadida g‘usl qilish, boshidan suv quyishi, suvning ichiga tushib olishi, nam lattani badaniga yopib olishi;

Abu Yusuf rohmatullohi alayh nazdlarida makruh emas, fatvo ham shungadir. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam ro‘zador hollarida chanqoq bosgani va issiqlik tufayli boshlaridan suv quyar edilar.

Ibn Umar roziallohu anhumo ro‘zador holatida lattani namlab badaniga o‘rab olar edilar. Bu amallarni ibodatga ko‘mak bo‘lsin uchun, fitriy betoqatlikni ketkazishlik uchun qilishlikda zarar yo‘q.

Abu Hanifa rohmatullohi alayh bu ishlarni makruh sanaganlar. Lekin makruhligi ro‘zani buzishga olib boruvchiligi e’tiboridan emas, balki ibodatni ado qilishda sabrsizlikni izhor qilganligi e’tiboridandir.
Bir kishi salqinlash maqsadida suvga sho‘ng‘isa ro‘za ochilmasligiga uchala imom ham ittifoq qilganlar.

5. Ro‘za holatida, zavoldan avval bo‘lsin yoki keyin misvak ishlatish makruh emas. Imom Ahmad, Imom Molik, Imom Shofe’iy nazdlarida zavoldan keyin misvak ishlatish makruhdir;
6. Ro‘zador mushk, atir hushbo‘yliklarni hidlashi makruh emas (isiriq, tutunlarni ichiga yutish bilan ro‘za ochiladi);

7. Zaiflashtirmasa qon oldirish;
8. Qasddan yeyilmaydigan va undan saqlanish qiyin bo‘lgan narsalarni halqumdan o‘tishi bilan;
Masalan: havoda uchib yuradigan mayda hasharotlar, tutun, chang.

9. Erkaklar siydikni to‘xtatish, davolanish maqsadida jinsiy a’zosiga biror narsa kirgizib olsalar (ayollar shu kabi ishni qilsalar ro‘zalari ochiladi);
10. Saharlikdan so‘ng tishning oralarida qolgan narsa no‘xat miqdoridan kichikroq bo‘lib, uni yutib yuborsa zarari yo‘q. Lekin og‘izdan tashqariga chiqarib so‘ng og‘izga qayta solib yutsa ro‘za ochiladi. No‘xat miqdoricha yo kattaroq bo‘lsa ro‘za ochiladi.

Esdan chiqarib odatiy yoki g‘ayri odatiy ishlarni bajarishlik. Masalan: yeb-ichish, yaqinlik qilish yohud klizma qildirish, qulog‘iga dori tomizish. (Esiga tushishi bilan bu amallardan to‘xtalish zarur).

Qari, zaifhol ro‘zador kishi esidan chiqib ovqatlanayotgan bo‘lsa, uni ogohlantirilmaydi. Agar yosh, quvvatga ega bo‘lsa, ogohlantiriladi. U esa ogohlantiruvni eshitgach og‘zidagi narsalarni yutmasligi, darxol tashqariga chiqarib yuborishi lozim bo‘ladi. Yutib yuborsa ro‘zasi ochiladi. Qazosi vojib, kafforoti xususida esa ulamolar bir necha qavllar aytganlar.

11. Erkagu ayol tushida bulg‘anishi;
12. Junub holda subhi sodiqni qarshi olish.

Manba: fiqh.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ro‘zani ochmaydigan amallar