22:40 / 24.09.2020
4 612

Baxt gormoni nimada?

Baxt gormoni nimada?
Hayotga ochiq chehra bilan boqing, shunda uning go‘zalligini ko‘ra olasiz.
Shunday ibora bor: agar baxtli bo‘lishni istasangiz – erishing. Biroq, baxtli odamlar unchalik ko‘p emas – biz ko‘pincha tushkunlikka tushamiz. Bularning sababi esa, bizda ba’zan kerakli gormonlar yetishmasligidir.

Psixologlarning ta’kidlashicha, insonning kayfiyati uning o‘ziga bog‘liq. Hayotdan zavqlanish va baxtli bo‘lish uchun hayotga falsafiy yondashish darkor. Demak, ikkita qoidaga amal qilishimiz kerak:

1. Arzimas narsalarga qayg‘urmang.
2. Hammasi arzimas narsalar.

Faqat olimlarni shularning o‘zi qanoatlantirmaydi: o‘zingizni xohlaganingizcha baxtli bo‘lishga ishontirishingiz mumkin, ammo bu amalga oshmaydi. Chunki baxt yoki quvonch gormonlari deb ataluvchi juda aniq kimyoviy moddalar sizning kayfiyatingiz uchun javobgardir.

Baxt gormoni qanday nomlanadi?
Ular to‘rtta bo‘lib, har biri bevosita yoki biron-bir tarzda bizning ijobiy munosabatimiz uchun mas’uldir, lekin ayni paytda ularning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor.

Dofamin
Bu asab impulslarini uzatishda ishtirok etadi va asab tizimining normal ishlashi uchun javob beradi. Shuningdek, uning «xizmatida» ovqatlanish, intim munosabatlar va teginish aloqalaridan qoniqish hissi mavjud. Biz u (va yana oksitosin) tufayli oshiq bo‘lamiz. U onalik muhabbati va mehr tuyg‘ularini ham shakllantiradi.

Bundan tashqari, dofamin bizning motivatsiyalarimiz uchun mas’ul, chunki ko‘pincha u zavqlanish paytida, kutish jarayonlarida ishlab chiqarilmaydi. Bu juda yoqimli narsadan oldin paydo bo‘ladigan eyforiyaning o‘zginasidir – bunda ham dofaminning ta’siri bor. U juda faoldir va harakatga chorlaydi.

Serotonin
Bu gormon esa, aksincha, bizning asab tizimimizni susaytiradi. Ammo shu bilan birga, u ijobiy his-tuyg‘ularga ham javobgardir. Bu yerda erkak kishining eyakulyatsiyasini misol keltirish mumkin.

Ekstaza va eyforiya paytida ushbu gormon darajasi doimo yuqori. Va uning yetishmasligi bilan depressiya paydo bo‘ladi. Aytgancha, tanada serotonin yetarli miqdorda ishlab chiqarilishi uchun ultrabinafsha nurlar kerak. Shuning uchun biz qishda – quyosh nurlari kam bo‘lganda tushkunlikka ko‘proq moyil bo‘lamiz.

Oksitotsin
Bu gormon ishqiy munosabatlar uchun mas’ul. Shuningdek, u qo‘rquvni, xavotir va bezovtalikni kamaytiradi, sevgi-muhabbat (jumladan, onalik mehri) va do‘stlik tuyg‘ulariga javobgardir. Oksitotsin erkaklarda odamlarga bo‘lgan ishonch darajasini oshiradi, ba’zida tanasida bu gormon haddan tashqari ko‘p bo‘lgan odam aldovni osongina kechiradi.

Va yana bir qiziq fakt: hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi ushbu gormonning yuqori dozalari alkogolga qarshi immunitet hosil qiladi. Mutaxassislarning fikricha, bu ichkilikka qaramlikni davolashda yordam beradi.

Endorfinlar
Bunga bizning eyforiyamiz (shijoatimiz) uchun javob beradigan gormonlarning butun boshli guruhi kiradi. Aytgancha, «endorfinlar» nomi ikkita so‘zdan kelib chiqqan: «endo» – ichki va morfin. Ya’ni, bu bizning ichki morfinimiz. Ha, aynan o‘sha dori. Chunki barcha endorfinlarning ta’siri afyun guruhining stimulyatori ta’siriga juda o‘xshashdir.

Inson tanasidagi endorfinlar stressli vaziyatlarga javoban hosil bo‘ladi. Ular orgazm paytida ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuningdek, ular jismoniy yuklamalardan keyingi mushaklar og‘rig‘ini kamaytiradi.

Baxt gormonlari manbai
Tanadagi baxt gormonlarini oshirish yo‘llari odatda sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq.

Sport bilan shug‘ullaning
Jismoniy faol odamlarda baxt gormonlari darajasi har doim yuqori bo‘ladi. Buni o‘zingiz ham bilasiz – sport mashg‘ulotlaridan so‘ng doim mamnunlik hissi paydo bo‘ladi. Agarda sport bilan guruhlarda shug‘ullansangiz, tanangiz yanada ko‘p baxt gormonlari ishlab chiqaradi.

Ijod qiling
Shuningdek, o‘zingizga yoqadigan biror xobbi – sevimli mashg‘ulotingiz baxt gormonlarini ishlab chiqaradi. Qo‘shiq kuylang, raqsga tushing, rasm chizing, baliq ovlang yoki gullar parvarishlang, kino, muzey yoki konsertlarga boring, markalar yig‘ing yoki paypoq to‘qing – nima qilsangiz ham, muhimi, undan rohatlaning.

Kulib yuring
Tabassum, kulgu ham baxt gormonlari manbaidir. Mayli, hayotda hech qanday kulguli narsalar bo‘lmasin, qo‘yavering, siz kulishga harakat qiling: latifalar o‘qing, hazil dasturlarini, komediyalarni tomosha qiling... Asosiysi, zavqlaning!

Baxt gormonlari qaysi mahsulotlarda mavjud?
Aslida, gormonlarning o‘zi biror bir mahsulot tarkibiga kirmaydi, ular nisbatan beqaror molekulalardir va oshqozon-ichak traktida parchalanadi. Ammo oziq-ovqatlar tarkibida aminokislotalar mavjud bo‘lib, ular tanada baxt gormonlarini hosil qiladi. Bularga banan, ko‘katlar, yong‘oq va urug‘lar, jo‘xori, qora shokolad, achchiq qalampir va sut mahsulotlari kiradi.

Xullas, hayotga ochiq chehra, ijobiy nigoh bilan boqing, insonlarni seving, ularga mehr ulashing, boshqalarning yutuqlariga havas bilan qarang – shundagina haqiqiy baxtni his qilasiz.

Usmonjon Yo‘ldoshev tayyorladi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxt gormoni nimada?