Liverpul Vinisius uchun 100 mln yevro taklif qilishi mumkin

Matbuotda braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning klubini o'zgartirishi haqida mish-mishlar davom etmoqda. Bunga sabab, uning "Real" bilan yangi shartnoma imzolamagani bo'lib, amaldagi bitim 2027 yilning o'rtasiga qadar amal qiladi.
Fichajes portalining xabariga ko'ra, Vinisiusni "Liverpul" o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Angliya Premyer-ligasining yirik klubi futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Vinisius "Liverpul"ning hujum chizig'ini qayta shakllantirish rejasida muhim o'rin tutishi mumkin. 25 yoshli futbolchi 2025/2026-yilgi mavsumda 16 ta o'yinda 5 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing