date

Amorim: “Sxema emas, intensivlik yetishmasligi "Yunayted"ni tushirdi”

Amorim: “Sxema emas, intensivlik yetishmasligi "Yunayted"ni tushirdi”

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim yana bir bor jamoa o‘yinidagi taktik masalalarga oydinlik kiritdi. Portugaliyalik mutaxassis bir necha oylardan beri muxlislar va ekspertlar tomonidan 3–4–3 sxemasidan voz kechmaslikda ayblanib kelgandi. Ammo Amorimning fikricha, jamoani qiynayotgan omil taktika emas, umuman boshqa jihatlarda ko‘rinadi.

Uning aytishicha, futbolda sxema faqat boshlang‘ich nuqta, xolos. Keyingi jarayonda esa dinamika, o‘zaro ishonch, o‘yin tempi va raqobatbardoshlik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.

“Men bu haqda oylar davomida gapiryapman: sxema – muammo emas. Bu shunchaki o‘yinni qay tarzda boshlashimizni ko‘rsatadi. Lekin asosiy rol o‘ynash uslubimiz, xarakterimiz, o‘zaro ishonchimiz va dinamikada. Shu mavsumdagi o‘yinlarni tahlil qilsak, muammolar taktika tufayli yuzaga kelmagan. Bizda eng katta kamchilik — intensivlik yetishmasligi. APLda g‘alaba qozonish uchun esa joyi kelganda ideal sharoitda bo‘lish zarur”, — deydi Amorim “Stan Sport”ga intervyusida.

Murabbiyning bu so‘zlari jamoa atrofidagi muhokamalarga yana bir burchakdan qarash imkonini berdi. Ba’zi mutaxassislar “Manchester Yunayted”ning bu mavsumdagi beqaror natijalarini taktik tuzilma bilan bog‘layotgan bo‘lsa, Amorim esa asosiy muammoni jismoniy tayyorgarlik va o‘yin falsafasidagi qarama-qarshiliklarda deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, klub muxlislari uchun muhim xabar: “Yunayted” APLdagi navbatdagi uchrashuvini 24-noyabr kuni “Old Trafford”da “Everton”ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs Amorimning fikrlari amalda qanchalik to‘g‘ri ekanini ko‘rsatadigan navbatdagi sinov sifatida ko‘rilmoqda.

Jamoa oldidagi asosiy savol esa hali ham ochiq — intensivlikni oshirish va o‘yin sifatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun “qizillar”ga qancha vaqt kerak bo‘ladi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amorim: “Sxema emas, intensivlik yetishmasligi "Yunayted"ni tushirdi”