
Madridning "Real" jamoasi darvozaboni Tibaut Kurtua sobiq murabbiy Karlo Anchelotti va hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonsoni taqqosladi. 66 yoshli italiyalik may oyining oxirida jamoadan ketgan edi.
Uning o‘rnini iyun boshida 43 yoshli ispan murabbiy egalladi. "Anchelotti biz uchun ota kabi edi, Alonso bilan esa hammasi boshqacha.
Lekin ikkisi ham yaxshi murabbiylar. Alonsoni hurmat qilmaslik bo‘lardi, agar Karloga sog‘inib qolganimizni aytsak", – deydi Kurtua.
La Ligada 12 turdan so‘ng "Real" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Barselona"ni uch ochko farq bilan ortda qoldirmoqda. 23-noyabr, yakshanba kuni "qaymoqranglilar" "Elche"ga qarshi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.