
“Liverpul” va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai Irlandiya futbolchilari tomonidan bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi. Soboslai Irlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng tanqidga uchradi.
O‘yinda Vengriya ikkinchi golni urib, hisobni 2:1 ga olib chiqqanida, Dominik qo‘llari bilan raqiblarni ko‘z yoshlarini artishga chaqirayotgandek imo-ishora qilgan edi. Mazkur uchrashuvda Vengriya o‘z maydonida Irlandiyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini boy berdi.
Irlandiya esa pley-off bosqichiga yo‘l oldi. "Hali ham sodir bo‘lgan voqealarni qabul qilish qiyin.
Afsuski, bunga ko‘nikishimiz va bundan keyin yo‘limizda davom etishimiz kerak. Golni nishonlash bizning jamoa ichidagi hazil edi.
Agar bu irlandiyaliklarga qaratilgan bo‘lganda, men ularga shaxsan aytgan bo‘lardim", – dedi Soboslai Blikk nashriga bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.