Foto: Getty Images
Sog‘lom bo‘lmagan va yog‘li taomlar iste’mol qilinishi ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Organizm ham o‘z navbatida ratsionni o‘zgartirish kerakligi va yog‘li taomlar yeyishni kamaytirish kerakligiga ishora beradi. Germaniyadagi iste’mol klinikasi jamiyati parhezshunoslari kuniga 60-80 grammdan ko‘p yog‘ iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi.
Vazn ortishi
1 gramm yog‘da 9 kaloriya bo‘ladi va shu sabab ham yog‘li taom iste’mol qilgan odam uglevod va oqsilli shunday taom porsiyasidan ham ko‘proq kaloriya to‘playdi. Shu tufayli organizmga kerakligidan ko‘proq energiya ishlab chiqariladi. Ortiqcha energiya sabab yog‘ to‘qimalari to‘planib, vazn ortadi.
Ter bosishi
Tarkibida katta miqdordagi hayvon yog‘lari bo‘lgan mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qiladigan kishilarga terlash odatiy hol bo‘lib qolishi mumkin. Yog‘ iste’mol qilish qon bosimining ortishiga, shuningdek, organizm tezroq ishlab, ko‘p ter ajralishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Og‘izdan badbo‘y hid kelishi
Yog‘li taomlarni ko‘p iste’mol qilish, og‘izdan badbo‘y hid anqishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Yog‘ ko‘payganidan keyin organizm ketonni faol ishlab chiqaradi. Aynan keton konsentratsiyasini ortishi esa og‘iz hidlanishiga olib keladi.
Hazm jarayonida tez-tez muammolar kuzatiladi
Yog‘li taom iste’mol qilgandan keyin qorinning og‘ir bo‘lib qolishi, g‘uldurashi kuzatilishi mumkin. Bunga ovqat hazm bo‘lishining qiyin va og‘ir ekanligiga uzoq vaqt kerakligi sabab bo‘ladi. Agar kun davomida bunday taomdan keyin boshqa qandaydir qo‘shimcha og‘ir mahsulot yoki taom iste’mol qilinsa, organizm bunday og‘irlikni hazm qilishga qiynaladi. Shu bois organizmda gaz yig‘iladi, shishadi, diareya, og‘riq kuzatiladi, kishi o‘zini og‘ir his qiladi.
Lohaslik va darmonsizlanish paydo bo‘ladi
Hayvon yog‘ini ichiga olgan tabiiy mahsulotlardan tashqari kishi ratsionida fast-fud va shirinliklar o‘rin olgan bo‘ladi. Ammo bunday taomlarda kishi salomatligi uchun zararli bo‘lgan transyog‘lar bo‘ladi. Ular organizmga kirganidan keyin yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Katta miqdorda iste’mol qilinganida hazm bo‘lish qiyinlashadi, organizm ovqatni qayta ishlashi uchun esa keragidan ko‘proq energiya sarflashiga to‘g‘ri keladi. Kuchning bunday sarflanishi oqibatida miyaga energiya yetishmaydi va kishi o‘zini holsiz his qiladi, charchoq, apatiya, uyqusizlik va boshqa darmonsizlik belgilari kuzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qidiruvdagi mashinaga boshqa avtoraqam taqib yurilgani ma’lum bo‘ldi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi
G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi