Avstraliyada koalalarni qirayotgan 'chlamidiya' kasalligiga qarshi vaksinaga ilk bor ruxsat berildi. Kasallik yovvoyi koalalarni kamaytirib, ba’zi hududlarda ular 70% gacha yo‘qolish xavfi ostida.
Olimlar ishlab chiqqan vaksinani yuzlab koalalarda sinovdan o‘tkazdi. Tadqiqotlar kasallik alomatlarini kamaytirishi va o‘lim darajasini 65% gacha pasaytirishini ko‘rsatdi.
Vaksina xavf ostidagi koalalar va hayvonlar kasalxonalarida tarqatilishi rejalashtirilmoqda. Antibiotik bilan davolash esa koalalarning oziq moddalarni hazm qiluvchi bakteriyalariga zarar yetkazadi va ochlik xavfini oshiradi.
Mutaxassislar vaksinadan foydalanish koalalarni saqlashga yordam berishini aytmoqda, ammo u yetarli emas. Koalalarning yashash muhitini saqlash va boshqa xavf omillarini kamaytirish ham muhim hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!