Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligida yangi tartib joriy etildi. Endilikda paxta va donni qabul qilish hamda ularni hisobga olish jarayoni elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi. Bu borada maxsus “Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Yangi nizomga ko‘ra, jarayon “Agrotarozi”, “Hosil qabuli” va “AgroDocs” axborot tizimlari orqali yuritiladi. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hisobga olishda shaffoflik va aniqlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Foydalanuvchilar internet orqali maxsus veb-saytga kirib, “Agrotarozi” va “Hosil qabuli” tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ular elektron shaklda shartnoma imzolashlari va tizimdan foydalanish shartlarini qabul qilishlari kerak bo‘ladi.
Nizomda belgilanishicha, paxta va don maxsus tovar-transport yuk xati asosida qabul qilinadi. Xo‘jaliklar bir xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan mahsulotlarni yagona yuk xati bilan topshirishlari shart. Masalan:
– bir xil seleksiya, sanoat navi va sinfiga tegishli mahsulot;
– avlodi va dala guruhi bir xil bo‘lgan urug‘lik paxta va don.
Shuningdek, paxta qabul qilish kuni soat 23:59 da yakunlanadi. Har kuni qabul qilingan mahsulotlar bo‘yicha hisobotlar fizik vazn asosida yuritiladi.
Paxta va don qabul qilishda elektron hisobot joriy etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar