date

Himoyaga muhtoj hotin-qizlar kontrakti davlat hisobidan qoplanadi

Himoyaga muhtoj hotin-qizlar kontrakti davlat hisobidan qoplanadi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, yurtimizda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj hotin-qizlar uchun katta imkoniyat yaratildi. Endi ularning shartnoma (kontrakt) to‘lovlari davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi. Bu qaror minglab talabalar va ularning oilalari uchun qo‘shimcha yengillik yaratishi shubhasiz.

Imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin?

Belgilangan qoidalarga ko‘ra, mazkur yordamdan foydalanish huquqiga quyidagi toifadagi hotin-qizlar ega:

  • kam ta’minlangan yoki rasmiy kambag‘al deb topilgan oilalar farzandlari;

  • etim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar;

  • turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgan va farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayollar.

Ariza berish tartibi qanday?

Hotin-qizlar imtiyozdan foydalanish uchun o‘qib kelayotgan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga ariza topshirishi lozim. Muhimi, ariza bilan birga hech qanday hujjat ilova qilinmaydi — barcha zarur ma’lumotlar avtomatik ravishda davlat elektron bazalari orqali olinadi.

Qabul komissiyalari arizalarni qabul qilib, 5 ish kuni mobaynida tegishli vazirlikka yuborishadi. Vazirlik esa hujjatlarni hududiy hokimliklarga taqdim etadi.

Saralash jarayoni qanday kechadi?

Har bir viloyatdan 150 nafar hotin-qiz tanlab olinadi: shundan 40 nafarini 1-kurs, qolgan 110 nafarini esa 2 va undan yuqori kurs talabalari tashkil etadi.

Tanlov hududiy komissiyalar orqali amalga oshiriladi. Ular 5 kun ichida nomzodlarning uylariga borib, ijtimoiy ahvoli bilan tanishadi. Asosiy mezonlar quyidagilar:

  • nomzodning moddiy va turmush sharoiti;

  • oliygohga kirishda to‘plagan ballari;

  • o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha hududdagi mutaxassislarga ehtiyoj;

  • talabaning qaysi kursda tahsil olayotgani.

Saralangan talabalar ro‘yxati Oila va hotin-qizlar qo‘mitasiga yuboriladi. Bu yerda 10 kun ichida tavsiyanoma rasmiylashtirilib, hokimlikka qayta yo‘naltiriladi.

Kontrakt qachon qoplanadi?

Imtiyozga ega deb topilgan talabalar kontrakt puli har chorak yakuniga qadar mahalliy hokimliklar orqali to‘rtta qismda to‘lab beriladi.

Biroq muhim jihat bor: ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotganlar, xorijiy yoki xususiy OTMlarda tahsil olayotgan hotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz amal qilmaydi. Shuningdek, agar talabalar o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirsa yoki oliygohdan chetlatilsa, shartnoma to‘lovini qoplash huquqi avtomatik ravishda bekor qilinadi.

Xulosa

Bu qaror ijtimoiy ehtiyojmand va himoyaga muhtoj hotin-qizlar uchun katta qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tomonidan berilgan imtiyoz ularga ilm olishda to‘siqlarni yengish, bilim olish imkoniyatini yanada kengaytirish va hayotda o‘z o‘rnini topish yo‘lida katta yordam bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Himoyaga muhtoj hotin-qizlar kontrakti davlat hisobidan qoplanadi