Foto: «Domashniy ochag»
Vertigo – bosh aylanishi xuruji ko‘pincha to‘satdan paydo bo‘ladi. Bu esa har qanday odamda ham vahima uyg‘otishi tabiiy. Kuniga bir nechta bemor bosh aylanishi shikoyati bilan shifokorga murojaat qiladi. Shuningdek, vertigo ko‘pincha 40 yoshdan o‘tganlarda uchraydi.
Ayni paytda bu turli xil kasalliklarning alomati bo‘lishi ham mumkin. Demak, xuruj paytida inson o‘zini qanday tutish kerak, u yana qayta takrorlanmasligi uchun qanday shifokorga murojaat qilish kerakligini bilish muhim.
Bosh aylanganda nima qilish kerak?
Bosh aylanish xuruji to‘satdan o‘tkir ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, yurak urishining tezlashuvi va qo‘rquv bilan kechishi mumkin. Bosh aylanishi tana holatini o‘zgartirganda kuchayadi.
Buning uchun:
- Qulay holatga kelish: yotish, o‘tirish yoki qattiq narsaga suyanish kerak.
- Tinchlanishga harakat qilish kerak, iloji bo‘lsa, dam olish yaxshi. Chunki bosh aylanish xavf tug‘dirmasa-da, juda yoqimsiz holat sanaladi.
- Ko‘zni yumish ham biroz yengillik beradi. Agar bu ham yordam bermasa, tepa qismdagi bir nuqtaga qarash tavsiya etiladi.
- Qon bosimni o‘lchash maqsadga muvofiq.
- Agar bosh aylanishi kuchli bo‘lsa, ko‘ngil aynishi, zaiflik, ko‘rish qobiliyati, nutqning buzilishi, harakatlardagi noqulaylik yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Agar shifokor tomonidan ushbu sharoitda yordam beradigan dori vositasi bo‘lsa, uni darrov qabul qilish kerak.
Foto: «Domashniy ochag»
Xuruj takrorlanmasligi uchun nima qilish kerak?
Bosh aylanishi xurujlarini boshdan kechirgan odam uning takrorlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni bilishi kerak. Ko‘pincha bosh aylanishining sabablari stress, surunkali charchoq va uyqusizlik, qattiq parhez va suvsizlanish ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun xuruj birinchi marta yuz bersa, ehtimol, bu organizm ortiqcha ishlaganidan darak bo‘lishi mumkin.
- Uyquni me’yoriga keltirish kerak. Kuniga kamida 7-8 soat uxlash kerak.
- Kuchli parhezlardan tiyilish va reja bilan ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish zarur.
- Suyuqlik miqdorini nazorat qilish kerak. Voyaga yetganlar kamida 2 litr suyuqlik ichishi kerak.
- Stress darajasini pasaytirish muhim.
- Organizmni kuzatib borish va charchaganda tanaffus qilish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, vertigo 80 dan ortiq kasallikning alomati bo‘lishi ham mumkin. Gipertoniya bilan kasallangan bemorda bosimning keskin ko‘tarilishi natijasida menera – ko‘p miqdordagi tuz yoki stress, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi bilan bog‘liq muammolarda bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ham bosh aylanishi sababini aniqlash zarur.
Qanday shifokorga murojaat qilish kerak?
Bosh aylanishi bilan bog‘liq muammolarga ixtisoslashgan shifokor – bu otonevrolog. Bu kabi mutaxassislar juda kam. Bosh aylanish holatiga o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish esa har bir inson uchun muhim hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi