10:52 / 25.10.2021
2 216

Bosh og‘rig‘ini dori vositalarisiz bartaraf etishning 10 tabiiy usuli

Bosh og‘rig‘ini dori vositalarisiz bartaraf etishning 10 tabiiy usuli
Foto: «Egeriya»
Bosh og‘rig‘i – ko‘pchilikning har kuni duch keladigan muammosi. Ba’zilarda og‘riq tezda o‘tib ketadi, boshqalar shunchalik azob chekadiki, ular do‘stlar bilan uchrashuvlarni bekor qiladi, ish loyihalarini kechiktiradi va o‘zlarini bemordek his qiladi.

Albatta, dorixonalarda keng assortimentdagi dori-darmonlarni taklif qilishadi, ammo ularning hammasi ham muntazam ravishda qabul qilinsa, zarar keltirishi shubhasiz. Shuning uchun og‘riqni qoldirishning muqobil usullarini sinab ko‘rish tavsiya etiladi.

Kechasi tishlarni g‘ichirlatmaslik kerak
Jag‘ mushaklari tarangligi kattalarda bosh og‘rig‘ining eng ko‘p e’tiborga olinmagan sabablaridan biridir. Kechasi tishlarni g‘ichirlatish odamlarning 70 foiziga ta’sir qiladi. Jag‘ni boshqaradigan kichik mushaklar chakkaga cho‘ziladi va ularning spazmlari bosh og‘rig‘iga olib keladi, ayniqsa, uyg‘ongandan keyingi dastlabki soatlarda. Stressni kamaytirish, amaliyot va psixoterapiya yordamida bu bilan kurashish mumkin. Yoki yuqori tishlarga mos keladigan maxsus og‘iz himoyasidan ham foydalanish tavsiya etiladi.

Suyuqlikni ko‘p miqdorda ichish lozim
Pulsatsiyalanuvchi chakka suvsizlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p miqdorda toza suv ichish bosh og‘rig‘i va migrenda yordam beradi. Ehtimol, smartfon yoki maxsus mobil ilovalardagi eslatmalar yordamida suyuqlikni o‘z vaqtida ichishni birinchi o‘ringa qo‘yish kerakdir. Issiq ob-havoda yoki qahva ichgandan keyin ko‘proq suyuqlik ichishni unutmaslik lozim, chunki kofein tanani suvsizlantiradi.

Massaj yordam beradi
Agar bosh og‘rig‘i haddan tashqari zo‘riqishdan kelib chiqsa, massaj ahvolni yengillashtirishga yordam beradi. Massaj paytida qon zo‘riqqan joylarda – bo‘yin, boshning orqa va yelka qismlarda me’yorida aylanadi. Natijada inson o‘zini yaxshi his qilishi mumkin.

Tanaffus qilishni yodda tutish kerak
Haddan tashqari zo‘riqishda nafaqat massaj, balki yoga va boshqa mashqlar ham yordam beradi. Tushlik vaqtida tanaffus qilish bosh og‘rig‘ini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ishlayotganda holatni kuzatib borish juda muhim: to‘g‘ri o‘tirish, tanaffus qilish va qulaylik yaratish.

Stress darajasini kamaytirish muhim
Barcha kasalliklar asabiylikdan kelib chiqadi, shuningdek, bosh og‘rig‘i ham. Stress vaqtida nafas olish mashqlarini o‘zlashtirishga harakat qilish kerak. Yoga ham juda samarali bo‘lib, jismoniy mashqlar bilan meditatsiya va dam olishni uyg‘unlashtiradi.

Botoksni qo‘llash tavsiya etiladi
Nevrologlar og‘ir surunkali migren bilan og‘riganlarga botoksni tavsiya qiladi. Albatta, peshonaga kosmetik ineksiya haqida emas, balki butun bosh va yuqori yelka muskullariga yiliga bir necha marta ineksiya qilish nazarda tutiladi.

Faollik yordam beradi
Agar bosh og‘risa, azob-uqubatlar iskanjasiga o‘ralib qolish vasvasasi paydo bo‘ladi, ammo mutaxassislar mashqlar samaraliroq bo‘lishi mumkinligiga ishonadi. Haftada 3-4 marta 20-30 daqiqadan muntazam ravishda mashq qilish qon oqimini yaxshilash va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash orqali bosh og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi. Yengil yugurish, velosipedda suzish yoki suzish bilan shug‘ullanish lozim.

Uyquga e’tiborli bo‘lish lozim
Yetarlicha uxlamaslik bosh og‘rig‘i boshlanishining asosiy sababidir. Shuning uchun har kecha 7-8 soat uxlash juda muhim. Lekin haddan oshmaslik kerak: hafta bo‘yi ishlab, dam olish kunlari uxlash teskari natijaga olib kelishi va muammoni yanada kuchaytirishi mumkin.

Ko‘zlarni dam oldirish kerak
Bosh og‘rig‘i ko‘pincha ko‘rish bilan bog‘liq. Ko‘pchilik kun bo‘yi kompyuter oldida, uzoq vaqt televizor ko‘rish, o‘qish yoki hatto mashina boshqaruvida ko‘p vaqt bo‘lgandan keyin sezadi. Bu bosh og‘rig‘i dam olish kunlariga qaraganda kunning oxirida, ish haftasidan keyin ko‘proq kuzatiladi. Bosh og‘rig‘ini yo‘qotish uchun kompyuterda ishlaydiganlar tez-tez tanaffus olishga harakat qilishi kerak.

Mutolaa chog‘ida ham vaqti-vaqti bilan to‘xtab, ko‘zga dam berish uchun xonadagi uzoqroq buyumga e’tibor qaratish lozim. Agar bu foyda bermasa, ko‘rish qobiliyatini tekshiruvdan o‘tkazishga arziydi. Ehtimol, ko‘rish qobiliyati pasaygan va ko‘zoynak taqish vaqti kelgandir.

Igna terapiya tavsiya etiladi
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, igna bilan davolash tez-tez boshi og‘riydigan odamlarga yordam beradi. Muolaja davomida terapevt ignalarni tananing ma’lum nuqtalariga kiritadi. Ignaning migren bilan og‘rigan odamlarda og‘riqni kamaytirishi haqida dalillar mavjud. Ushbu terapiya tanadagi qon oqimini yo‘naltiradi va periferik asab tizimini rag‘batlantirish orqali tanani og‘riqni kamaytirishga o‘rgatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bosh og‘rig‘ini dori vositalarisiz bartaraf etishning 10 tabiiy usuli