date

JCH-2026 qur’a tashlash marosimi: shou va badiiy dasturda qaysi mashhurlar qatnashadi?

JCH-2026 qur’a tashlash marosimi: shou va badiiy dasturda qaysi mashhurlar qatnashadi?

5 dekabrda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimida ishtirok etadigan boshlovchi va san’atkorlar aniqlandi. Marosim Vashington shahridagi «Kennedi markazi»da tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirni supermodel Xaydi Klum, taniqli komik va aktyor Kevin Xart hamda aktyor Denni Ramires olib boradi.

Badiiy dasturda jahon estradasining mashhur yulduzlari sahnaga chiqadi. Italyan tenori Andrea Bochelli, britaniyalik pop-yulduz Robbi Uilyams va xonanda Nikol Sherzinger o‘z chiqishlari bilan mehmonlarni xushnud etadi. Afsonaviy «Village People» guruhi esa o‘zining mashhur «Y.M.C.A.» qo‘shig‘ini ijro etishi kutilmoqda.

Bu marosim tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etishi kutilgan mundialning qur’a tashlash marosimi bo‘lib, Toshkent vaqti bilan 5-dekabr kuni soat 22:00da boshlanadi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham o‘zining ilk Jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 qur’a tashlash marosimi: shou va badiiy dasturda qaysi mashhurlar qatnashadi?