So‘m nega kutilmaganda ko‘tarildi va bozordagi o‘zgarishlarga qanday ta’sir qildi?

1 daqiqa o'qish4.9K
So‘m nega kutilmaganda ko‘tarildi va bozordagi o‘zgarishlarga qanday ta’sir qildi?

O‘zbekiston Markaziy banki inflyatsion targetlash sharoitida suzuvchi valyuta kursining ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro muhokama o‘tkazdi. Tadbirda milliy valyutaga ishonchni kuchaytirish, pul bozorining shaffofligi va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha xorij tajribalari ko‘rib chiqildi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Ochilovning aytishicha, valyuta kursi bozor qonuniyatlari asosida shakllanadi va regulyator ma’lum bir kursni target qilmaydi. Markaziy bankning ichki bozordagi ishtiroki “neytrallik” tamoyiliga asoslanib, intervensiyalar faqat monetar oltin hajmi doirasida amalga oshiriladi.

Mutaxassisga ko‘ra, so‘m kursidagi tebranishlar beqarorlik belgisi emas, balki yanada moslashuvchan bozor shakllanayotganidan dalolat beradi. 2025 yil boshidan so‘m dollar kursiga nisbatan 7 foizdan ortiq mustahkamlandi. Bu yuqori eksport tushumlari, import o‘sishining sekinlashuvi, xorijiy investitsiyalar va pul o‘tkazmalari bilan izohlandi.

Ochilovning ta’kidlashicha, so‘mning mustahkamlanishi import narxlarining pasayishiga xizmat qilib, inflyatsion bosimni kamaytirdi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi 5,8 foizgacha tushdi. Milliy valyutaga ishonch ortib, kredit va depozitlarda dollarlashuv kamaymoqda.

So‘m kursining ko‘tarilishi tashqi qarz yukini yengillashtirdi. Davlat va xususiy sektor uchun qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari qisqarib, iqtisodiyot uchun qo‘shimcha yengillik yaratdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?