
"Barselona"ning sport direktori Deku, "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan Markus Reshfordning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, hali hech narsa aniqlanmagan va hozirgi vaqtda futbolchining kelajagi haqida qaror qabul qilish uchun qulay vaqt emas. "Biz Reshforddan juda mamnunmiz, u juda ko‘p narsalar beradi", — dedi Deku.
Joriy mavsumda Reshford "Barselona" safida La Ligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 gol urgan va 7 golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida beshta o‘yinda ishtirok etib, to‘rtta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Reshfordning "Barselona"dagi ijara davri yangi imkoniyatlar bilan to‘la, ammo klub rahbariyatining fikricha, kelajagi bo‘yicha aniq qarorlarni qabul qilish uchun hali vaqt bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.