09:44 / 16.11.2021
2 078

Immunitetning zaiflashuviga sabab bo‘ladigan odatlar

Immunitetning zaiflashuviga sabab bo‘ladigan odatlar
Foto: Art-assorty
Kuz har doim shamollash mavsumi bo‘lib kelgan, shuningdek, dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olmoqda. Shuning uchun immunitetni mustahkamlash haqida jiddiy o‘ylash vaqti keldi. Biroq tanaga mutlaqo teskari ta’sir ko‘rsatadigan va immunitetni zaiflashtiradigan bir nechta ovqatlanish odatlari mavjud.

Me’yoridan ortiq tuz iste’mol qilish
Tanadagi ortiqcha natriy nafaqat shishni qo‘zg‘atadi, balki mushaklarning kuchsizlanishi va tomir tortishishini keltirib chiqaradi, shuningdek, immunitetning zaiflashishiga ham olib kelishi mumkin. Tadqiqotga ko‘ra, organizm virusli infeksiyalarga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan resurslarning bir qismini ortiqcha tuzni yo‘q qilish uchun sarflaydi. Buning natijasida immunoglobulin yetarli miqdori ishlab chiqarilmaydi va kasallikka chalinish xavfi ortadi. Fastfud, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, pishloq va yarim tayyor mahsulotlarga chek qo‘yishga harakat qilish kerak.

Ko‘p shakar iste’mol qilish
Shakarni ortiqcha iste’mol qilishda salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatini topish mumkin emas. Shakar bo‘sh uglevod bo‘lib, u hech qanday ozuqaviy ahamiyatga ega emas, ammo surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi, qarishni, kilogramm ortishini qo‘zg‘atadi va immunitetni zaiflashtiradi. Glyukozani juda ko‘pligi immunoglobulin faolligini o‘rtacha 30 foizga kamaytiradi, bu esa virusli infeksiyalar bilan kasallanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Shakardan butunlay voz kechish shart emas, lekin uning miqdorini qat’iy nazorat qilish kerak. Shirinliklarni sog‘lom muqobillar bilan almashtirishga harakat qilish, shakarli ichimliklar o‘rniga ko‘proq suv ichish tavsiya etiladi.

Ratsionda kletchatka boy mahsulotlarning kamligi
Kletchatka sog‘lom hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va foydali ichak bakteriyalarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, u nafaqat immunitetni mustahkamlaydi, balki teri va kayfiyatga ham foydali ta’sir ko‘rsatadi. Oziq-ovqat kletchatkasi va probiyotiklarni ko‘p iste’mol qilish immunitetni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi va tanani viruslardan himoya qiladi. Ratsionga ko‘proq sabzavot, dukkaklilar va qayta ishlanmagan tabiiy mahsulotlarni qo‘shish lozim, chunki ular kletchatkaning haqiqiy manbasidir.

Qahvani juda ko‘p ichish
Kofein sehrli moddadir. U tetiklantiradi, asab tizimini rag‘batlantiradi, ko‘plab surunkali kasalliklarning oldini olishga yordam beradi va erta qarish belgilari bilan yaxshi kurashadi. Biroq, hamma narsa me’yorida yaxshi. Ko‘pincha kun davomida bir stakan qahvadan tez-tez bir nechtasi ichiladi va bu immunitetning zaiflashishiga, turli xil virusli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, kofeinga tobelik rivojlanishi mumkin, shuning uchun mutaxassislar kuniga 1-2 stakan bilan cheklanishni tavsiya qiladi. Agar inson o‘zini yetarlicha hushyor his qilmasa, uyquga e’tibor qaratishi yoki kayfiyatni ko‘tarish uchun zararsiz usullardan foydalanishi mumkin.

Sabzavotlarni oz iste’mol qilish
Sabzavotlar nafaqat yuqorida aytib o‘tilgan kletchatkaning ajoyib manbayi, balki vitaminlar va minerallarning haqiqiy ombori hamdir. A va C vitaminlari hamda foliy kislotasiga boy yashil sabzavotlar immunitet tizimini mustahkamlaydi, bu esa sovuq mavsumni kasalliklarsiz o‘tkazish imkonini beradi. Ko‘proq salat, sabzavotli pishiriq va smetanalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetning zaiflashuviga sabab bo‘ladigan odatlar