Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘zbek-fransuz biznes forumi doirasida Total Energies kompaniyalar guruhi prezidenti Patrik Jan Puane quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
«Avvalambor, janob prezident Mirziyoyevning yana Fransiyaga tashrif buyurayotganidan mamnunmiz. Albatta, bu tashrif ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘z mavqeyiga ega mamlakat. Ayniqsa, so‘nggi 5-6 yil ichida hukumat yirik islohotlarni amalga oshirish bilan band.
2017 yili O‘zbekistonda bo‘lgandim. Investor sifatida juda yaxshi qarshilashgan. O‘zbekiston — investitsiyalarni qarshilashga ochiq mamlakat. Bu esa yurtingizda yirik loyihalar boshlanishiga xizmat qiladi, albatta.
Menimcha, xuddi biz kabi energiya yaratish borasida innovatsiyalarni olib kira oladigan kompaniyalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur. O‘ylashimcha, O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida quyosh batareyalari ishlab chiqarish innovatsiyalar rivojiga, shuningdek, o‘zbek hamkorlarimiz uchun ko‘proq loyihalar ishlab chiqarish va bozorga chiqish imkonini beradi.
Bu loyihani amalga oshirish uchun barcha imkoniyat bor va energiya yaratish borasidagi hamkorligimiz yanada rivojlanadi.
Fransiyalik tadbirkorlar, birinchi navbatda, O‘zbekistonga borishi kerak. Judayam chiroyli mamlakatning odamlari, sharoiti bilan yaqindan tanishish, o‘z tajribalarini o‘zbek hamkorlarimiz bilan o‘rtoqlashishi lozim.
Albatta, ular loyihani qo‘llab-quvvatlasa, hamkorlikka kirishiladi. Xorijiy sarmoyadorlar, albatta, o‘sha mamlakatga borib, uni o‘zlari uchun kashf eta olishlari kerak.
O‘zim 2017 yildagi kabi yana yurtingizga borib, imkoniyatlar bilan tanishishga umid qilyapman. O‘shanda ilk bor 20 megavattli energiya manbalariga investitsiya kiritgan edik. Hozirda mamlakatingiz imkoniyati yanada kengaygan. Umid qilamanki, biz bu miqdorni 1 gigavattga chiqara olamiz», —dedi Patrik Jan Puane. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi