Jahon kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi

1 daqiqa o'qish254
Jahon kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xitoyning Guiyang shahrida o'tkazilgan boks bo'yicha Jahon kubogida o'zbekistonlik sportchilar jami 12 ta medalni qo'lga kiritishdi.
  • O'zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqada jamoaviy hisobda yetakchilikni qo'lga kiritdi, ayollar o'rtasidagi natijalar ham qo'shilgan umumiy jadvalda esa vakillarimiz kuchli uchlikdan joy oldi.
  • Erkaklar o'rtasidagi reytingda terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Xitoyning Guiyang shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur musobaqada mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Jamoaviy hisob: Erkaklarimiz yana birinchi!

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi an’anaga sodiq qolgan holda, dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi va jamoaviy hisobda yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasidagi natijalar ham qo‘shilgan umumiy jadvalda esa vakillarimiz kuchli uchlikdan joy olishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy reyting:

  1. O‘zbekiston — 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza.

  2. Qozog‘iston — 3 ta oltin, 3 ta bronza.

  3. Fransiya — 2 ta oltin, 1 ta bronza.

Ayollar va erkaklar natijalari jamlangan umumiy jadval:

Jahon kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining to‘liq ro‘yxati:

Oltin medal sohiblari:

  • -60 kg — Abdumalik Xalokov

  • -80 kg — Javohir Ummataliyev

  • -90 kg — To‘rabek Xabibullayev

  • -57 kg — Nigina O‘ktamova

Kumush medal sohiblari:

  • -50 kg — Asilbek Jalilov

  • -48 kg — Farzona Fozilova

  • +80 kg — Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal sohiblari:

  • -85 kg — Akmaljon Isroilov

  • +90 kg — Arman Maxanov

  • -60 kg — Sitora Turdibekova

  • -75 kg — Aziza Zokirova

O‘zbekiston boks maktabi dunyoda eng kuchlilardan biri ekanligini yana bir bor namoyish etgan barcha sportchilarimiz va murabbiylar shtabini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?