
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 33,82 so‘mga ko‘tarilib, 11 264,97 so‘mni tashkil qildi. Yevro 24,66 so‘mga oshib, 11 954,39 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,98 so‘mga pastlab, 174,06 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 11 231,15 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar