date

2026-yil byudjeti: daromad 515,4 trln so‘m, kamomad 3%

2026-yil byudjeti: daromad 515,4 trln so‘m, kamomad 3%
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilda davlat byudjeti daromadlarini 515,4 trillion so‘m miqdorida prognoz qilmoqda. Byudjet kamomadi esa yalpi ichki mahsulotning 3 foizini tashkil qiladi.

Davlat g‘aznasining asosiy daromad manbai qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘lib, u umumiy tushumlarning taxminan 40 foizini tashkil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar ulushi 22 foiz, mulk va resurs soliqlari 18 foizni tashkil qiladi.

Aksiz solig‘i hissasi 10 foiz, bojxona to‘lovlari esa 8 foizni qamrab oladi. 2027-yilda davlat byudjeti daromadlari 585–590 trillion so‘m atrofida baholanmoqda, 2028-yilda esa mazkur ko‘rsatkich 655 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda.

Vazirlik vakillarining ta’kidlashicha, iqtisodiy o‘sish mo‘tadil sur’atlarda amalga oshiriladi va bu biznesga ortiqcha bosim keltirib chiqarmaydi. Byudjet xarajatlari bo‘yicha esa 2026-yilda jami 567 trillion so‘m mablag‘ sarflanishi kutilmoqda.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va xavfsizlik sohalari asosiy xarajat yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, davlat ekologiya va suv xo‘jaligiga alohida e’tibor qaratadi.

Ijtimoiy himoya sohasida manzilli yordamni kuchaytirish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda ta’lim sohasiga umumiy xarajatlarning 24 foizi, tibbiyotga 10 foizi, ijtimoiy sohaga esa 18 foizi yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2026-yil byudjeti: daromad 515,4 trln so‘m, kamomad 3%